“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 23:27
ЎЗO‘Z

Muqaddas Xoliqovaning qachon ishga qaytishi ma’lum bo‘ldi

01 mar, 17:33 13 068 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Muqaddas Xoliqovaning qachon ishga qaytishi ma’lum bo‘ldi O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova ikkinchi bor yurak xurujini boshidan o‘tkazgani, jarrohlik amaliyoti yo‘li bilan davolangani va ma’lum muddat tanaffus qilishi haqida xabar bergan edik.

O‘zbek milliy akademik drama teatrida bir necha yillardan buyon namoyish etilib kelinayotgan “Ko‘ngil” spektaklida Muqaddas Xoliqova bosh rolni ijro etgan. Mazkur spektakl mana necha yillarkim sahnadan tushmay kelayapti. Har gal shu spektakl namoyish etilganda, zal tomoshabin bilan liq to‘ladi.

Xoliqovaning betobligi sabab “Ko‘ngil” qo‘yilmayotgan edi. Bugun, 1 mart kuni O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova “Qalampir” tahririyati bilan bog‘lanib, qachon ishga qaytishini, “Ko‘ngil” spektakli yana qachon sahnalarga chiqishini ma’lum qilgan.

Muqaddas Xoliqovaga ko‘ra, tanaffusdan so‘ng aktrisa 21 mart kuni yana faoliyatini boshlaydi. Navro‘z bayrami munosabati bilan tomoshabinlarning talab va takliflarini inobatga olgan holda O‘zbek milliy akademik drama teatrida “Ko‘ngil” spektakli namoyish etiladi.

Aktrisaning salomatligi ancha yaxshi. U suhbat davomida betob bo‘lib qolganida qayg‘urgan, unga salomatlik tilagan do‘stlari, hamkasblari va muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 50
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 608
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 354
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 522
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 35
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim" 28 apr, 22:53 0
  • Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan? 28 apr, 22:44 0
  • Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan 28 apr, 22:20 2
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 22
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 59
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 216
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 163
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • Bo‘limlar