“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 18:05
ЎЗO‘Z

Nilufar Usmonova qizini sog‘ingan ota nomidan qo‘shiq ijro etdi (Audio)

28 fev, 00:02 14 118 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nilufar Usmonova qizini sog‘ingan ota nomidan qo‘shiq ijro etdi (Audio) Ma’lumki, Nilufar Usmonova ijtimoiy tarmoqlarda juda faol sanaladi. U bu tarmoqlardan shunchaki foydalanibgina qolmay, muxlislari bilan muloqotlar, turli tanlovlar o‘tkazib boradi. 2015 yil avgust oyida xonanda Twitter.com ijtimoiy tarmog‘i orqali she’riyat bo‘yicha tanlov e’lon qiladi. Tanlov shartiga ko‘ra, uning kuzatuvchilari, xonandaga o‘z bitiklarini taqdim etishlari kerak edi.

Tanlov doirasida bir muxlis, Koreyada mehnat qilayotgan insonning o‘z qiziga atab yozgan she’rini yuboradi. Omadni qarangki, mana shu she’r Nilufar Usmonovaning e’tiborini tortadi va u mazkur tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritadi. Shundan so‘ng xonanda g‘olib bilan bog‘lanib, shu she’rni qo‘shiq qilib ijro qilish niyatida ekanini va muallifning ruxsati kerakligi aytadi. Muallif ham bu taklifdan boshi ko‘kka etib, rozi bo‘ladi. Xonanda darhol ishga kirishib, 2015 yilning o‘zidayoq qo‘shiqni yaratadi. Biroq ma’lum bir sabablarga ko‘ra taronani omma uchun 2017 yilning boshida taqdim etishni rejalashtirishadi. Vaqti-soati bilan qishning so‘nggi kunlarida, bahor fasli arafasida mazkur qo‘shiq premera qilinmoqda.

“Bu she’rni birinchi marta o‘qiganimda ko‘z o‘ngimda o‘zim gavdalanganman. Ya’ni 1-3 yoshli Nilufar dadasi bilan bog‘lana olmasdi. Buvim va ayamning aytishlaricha, dadamni juda ham yaxshi ko‘rganman. Hattoki, sog‘inib kasal bo‘lib qolganman. Shu she’rni o‘qib, o‘zimni, dadamni tasavvur qilganman. Shuning uchun ham darhol qo‘shiq qilib kuylashga kirishganman. Bugungi kunda, to‘rtinchi bora ona bo‘lish arafasida ushbu ijod mahsulimni xalqimizga namoyish qiladigan kun ekan, o‘ylaymanki, qo‘shiq barchaga manzur keladi. Taronani har bir ota tinglaganda, o‘zini nomidan qizalog‘iga ijro qilgandek, mehri-muhabbati oshadi. Sog‘inchi yanada ortadi ” – deydi xonanda saytimizga bergan ma’lumotiga qo‘shimcha qilib.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shiq uchun videoklip tasvirga olish ishlari boshlab yuborilgan. Klip Sarvar Isaev va Rustam Murodov bilan hamkorlikda yaratilmoqda. Matn muallifi Navzod Hamro. Mazkur she’rni Jasur Abdurahmonov kuyga solib, sayqallagan.

Manba:Darakchi.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 130
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 222
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 89
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 88
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 49
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 179
  • So'nggi yangiliklar
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 0
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 20
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 70
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 199
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 139
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 130
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 259
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 365
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 553
  • Bo‘limlar