“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 18:46
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonlik 10 yoshli qizaloq Dima Bilan, Nyusha va Valeriy Meladzeni lol qoldirdi

23 fev, 14:52 17 442 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonlik 10 yoshli qizaloq Dima Bilan, Nyusha va Valeriy Meladzeni lol qoldirdi Rossiyada havaskor qo‘shiqchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan yirik “Golos” loyihasidan xabaringiz bor. Bu loyiha bir necha yillardan buyon muxlislarning sevimli ko‘rsatuviga aylanishga ulgurgan. Loyihaning bolalar o‘rtasidagi tanlovi ham o‘tkazib kelinadi. “Golos. Deti” musiqiy tanlovida shu vaqtgacha bir necha o‘zbekistonlik bolalar ishtirok etgan. Endilikda ularning qatori yana bir kichik ijrochi bilan to‘ldi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

22 fevral kuni namoyish etilgan “Golos. Deti” loyihasida 10 yoshli Milana Pak ham ishtirok etib, tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi. U Demi Lovatoning “Stone Cold” qo‘shig‘ini qoyilmaqom tarzda ijro etib, hakamlarning ham e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Milana qo‘shiq kuylashni boshlagandan bir necha soniyalar o‘tiboq, Dima Bilan uning ijrosidan ruhlanib, darhol zarur tugmani bosgan holda Milana tomonga qaradi. Qo‘shiq tugagandan so‘ng, hakamlar qatorida bo‘lgan xonanda Nyusha va Valeriy Meladze ham uning iqtidoriga tan berishganini ularning his-hayajonidan sezish qiyin emas edi.

Milana 10 yoshda va Toshkentdan ekanligini aytganida, hakamlar hayratlanishdi. Kichik yoshdagi qizaloq katta iste’dodi bilan ularni lol qoldira oldi.

Milana Pak O‘zbekistondagi bolalarning musiqiy tanlovi hisoblangan “Yulduzcha” loyihasida ham ishtirok etib, g‘oliblikka erishgan edi. Rossiyaning “Golos. Deti” loyihasining 4-mavsumida ham Milanaga omad tilaymiz.

Quyidagi video orqali Milana Pakning 22 fevralda o‘tkazilgan “Golos. Deti” loyihasidagi ishtirokini tomosha qilishingiz mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 116
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 212
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 82
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 82
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 0
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 49
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 107
  • Bo‘limlar