«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va Hollivud yulduzi Anjelina Joli turk serialida suratga tushadi.
«Hayot ko‘prigi» deb nomlangan bu film 3 mavsumdan iborat bo‘ladi. Unda, Turkiyadan boshpana izlayotgan suriyalik oilaning hayoti aks ettiriladi, deb yozadi Hilol.uz.
Loyiha xalqaro ahamiyatga ega bo‘lib, uni suratga olish jarayoniga Hollivudning boshqa yulduzlari ham taklif qilingan.
Krishtianu Ronaldu va Joli bu loyihaga o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini birinchilardan bo‘lib ma’lum qilgan.