“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 21:34
ЎЗO‘Z

​Shahzoda: “Ravshan menga uylanmoqchi ekanligini birinchi bo‘lib Lolaga aytgan”

05 fev, 00:57 37 455 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
​Shahzoda: “Ravshan menga uylanmoqchi ekanligini birinchi bo‘lib Lolaga aytgan” Xonanda Shahzoda jurnalist Jasur Hamroyev bilan Facebook orqali jonli ravishda muloqot qildi. Muxlislar xonandaga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniga ega bo‘ldi, deydi "Darakchi" nashri.

Muxlislardan biri Shahzodaga “Turmush o‘rtog‘ingiz bilan sevib turmush qurganmisiz?” deb savol berdi. Xonanda mazkur savolga javob berar ekan turmush o‘rtog‘i, xonanda Lolaning otasi Ravshan Yo‘ldoshevning oilasini buzgani haqidagi mish-mishlarga ham barham berdi:

—Ravshan Yo‘ldoshev rafiqasi bilan 1998 yilda ajrashgan. O‘shanda men u bilan tanish emasdim. Men Ravshan bilan 2000 yilda tanishganman. U 6 yil davomida mehrimni qozonishga harakat qilgan. Men vijdonlilik, intizom va haqqoniylik doim birinchi o‘ringa qo‘yiladigan oilada katta bo‘lganman. Shuning uchun ham u meni o‘zining vijdonli, chiroyli qalb egasi ekanligi bilan mehrimni qozondi.

Agar biron inson birinchi nikohida topolmagan baxtini ikkinchi nikohida topsa, men buni to‘g‘ri qabul qilaman. Men qandaydir sabablarga ko‘ra, birinchi oilasi bilan ajrashganlarga qarata aytmoqchiman: Hali hammasi yaxshi bo‘ladi. Hayotda birinchi oilasi bilan ajrashib, ikkinchi marta mustahkam oilalar bunyod etilgan holatlar ko‘p uchraydi.

Ravshandagi og‘ir-vazminlik, o‘ylab ish tutish, kam va past ovozda gapirish kabi xislatlari menga manzur bo‘lgan. Bundan tashqari, eng asosiy jihat esa u yaxshi ota. O‘shanda, men u bilan tanishganimda ajrashgan bo‘lishiga qaramay, farzandlarini jonidan ortiq yaxshi ko‘rishi e’tiborimni tortgan. U bolalarni judayam yaxshi ko‘radi. Aqlligi, bolalarni sevishi va albatta uning mehr to‘la qalbi meni o‘ziga rom etgan.

“Turmush o‘rtog‘ingizning birinchi nikohidan bo‘lgan farzandlari sizlarning turmush qurishingizga qanday munosabat bildirdi?” degan savolga Shahzoda quyidagicha javob berdi:

—Hamma Shahzoda Lola bilan dugona edi. Keyin uning otasini tortib oldi, oilasini buzdi, deb gapirishadi. Ravshan meni Lola bilan o‘zi tanishtirgan. Biz u bilan “Sevinch” filmida birga suratga tushganmiz. Ravshan o‘shanda men bilan uchrashib yurardi. Ravshan menga uylanishi haqida birinchi bo‘lib, Lolaga aytgan. Ravshan Lolaga:“Onang bilan, afsuski munosabatlarimiz yakun topdi. Men aynan Zilola bilan oila qurmoqchiman” degan. Ravshanning aytishicha, o‘shanda Lola judayam xursand bo‘lgan. Otasiga uni baxtli bo‘lishini istashini aytgan. Shundan so‘ng biz Lola bilan tez-tez gaplashadigan bo‘ldik. Keyin u turmushga chiqdi. Biz uning to‘yiga bordik. 5 yil uning ijodida tanaffus bo‘ldi. Keyin esa bizning munosabatlarimizga nimadir bo‘ldi... Nimaligini bilmayman.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 116
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 212
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 82
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 82
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 174
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 0
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 0
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 2
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 25
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 84
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 218
  • Bo‘limlar