“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 10:08
ЎЗO‘Z

O‘zbek milliy akademik drama teatri tarixiga oid muzey ish boshladi

01 fev, 19:56 13 855 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbek milliy akademik drama teatri tarixiga oid muzey ish boshladi O‘zbek milliy akademik drama teatri juda uzoq tarixga ega. Tashkil etilganiga 103 to‘lgan bu maskanda qanchadan-qancha san’at darg‘alari faoliyat yuritmadi, ne-ne mashhur spektakllar qo‘yilmadi deysiz. Bu maskanda o‘z ishining jonkuyarlari, umrini san’atga baxshida etgan ijodkorlar faoliyat yuritadi. Ayni damda teatrda mehnat qilib kelayotgan O‘zbekiston xalq artistlari Yoqub Ahmedov, To‘ti Yusupova, Rihsi Ibrohimova, Yayra Abdullaeva, Erkin Komilov, Yodgor Sa’diev, Muhammadali Abduqunduzov, Saidkomil Umarov, Muqaddas Xoliqova, Gavhar Zokirova, Zuhra Ashurova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Saida Rametova, Ra’no Yarasheva, Mahmud Ismoilov, Tohir Saidov, Farhod Abdullaev, Abduraim Abduvahobovni ana shunday san’atkorlar sirasiga kiritsak arziydi.

Bugun, 1 fevral kuni O‘zbek milliy akademik drama teatriga respublikamizda faoliyat yuritayotgan teatr jamoalari, madaniyat va san’at vakillari, aktyor va aktrisalar, yozuvchi va shoirlar, dramaturglar, jurnalistlar jam bo‘lishdi. Shu kuni teatr binosining uchinchi qavatidan joy olgan “O‘zbek milliy akademik drama teatri muzeyi”ning ochilish marosimi o‘tkazildi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Marosimni O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Mas’udov ochib berdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedov ishtirok etib, so‘zga chiqdi va O‘zbek milliy akademik drama teatrining o‘zbek teatr san’atida tutgan o‘rni, uning bugungi mavqei, spektakllarning tomoshabinlarga berayotgan ma’naviy ozuqasi haqida gapirdi.

Teatr binosining uchinchi qavatida tashkil etilgan muzey aslida bundan bir necha yil ilgari ish boshlagan edi. Teatrning jonkuyar xodimasi Gulnora Sodiqovaning sa’y-harakatlari bilan muzey yangi eksponatlar, teatrning tarixiga oid yangi buyumlar, spektakllarda taniqli san’atkor kiygan liboslar bilan boyitildi. Muzeyda O‘zbekiston xalq artistlari Maryam Yoqubova, Sora Eshonto‘raevaning urush yillarida sahnalashtirilgan spektakllarda kiygan liboslari ham o‘rin olgan. Shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti Rihsi Ibrohimovaning “Mirzo Ulug‘bek”, Muqaddas Xoliqovaning “Nodirabegim”, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Mehriddin Rahmatovning “Jaloliddin Manguberdi”, Saida Rametovaning “Sohibqiron”, Ra’no Yarashevaning “Uvaysiy” spektakllaridagi yaratgan obrazlariga oid liboslar, detallar ham muzeyga joylashtirilgan.

Muzey teatrning tarixiga oid stendlar bilan boyitilishi bilan bir qatorda, devorlarga O‘zbek milliy akademik drama teatri sahnasida namoyish etilgan spektakllarning suratlari ilib chiqilgan.

Muzey ochilishiga yig‘ilgan 200 kishining hayrati cheksiz. Ayni zamonda shovqin birdan tin oldi, yig‘ilganlar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ovozi eshitilayotgan tomonga qarab bordilar. Monitorda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning O‘zbek milliy akademik drama teatrining ta’mirdan keyingi ochilish marosimida so‘zlagan nutqi namoyish etildi. Islom Karimov bu teatrning kechasi va buguni haqida gapirar ekan, uzoq tarixga ega bo‘gan teatr nafaqat o‘zbek tomoshabinlarini, balki dunyo teatr ixlosmandlarini ham bir necha bor lol qoldirganini tilgan olgan edi. Islom Karimov teatrning ochilish marosimidagi nutqida bu teatr sahnasida hali ko‘p asarlar yaratilishi va ko‘plab san’at darg‘alari voyaga etishiga umid bog‘lashini aytgan.

Muzey ochilishida ishtirok etganlar ham teatr jamoasiga yangidan-yangi omadlar tilab, respublikamizda otaxon teatr sanalmish O‘zbek milliy akademik teatrining kelgusi faoliyatiga omad tiladilar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 73
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 74
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 43
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 170
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 49
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 2
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 43
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 43
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 158
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 143
  • Bo‘limlar