“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 16:36
ЎЗO‘Z

Dreamworks asoschilaridan biri yangi medialoyihalar sarmoyasiga 600 mln dollar mablag‘ kiritdi

28 yanv, 14:54 6 302 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dreamworks asoschilaridan biri yangi medialoyihalar sarmoyasiga 600 mln dollar mablag‘ kiritdi WndrCo kompaniyasi Dreamworks kinostudiyasi asoschilaridan biri Jeffri Katsenberg yangi medialoyihalarni moliyalashtirish uchun 591,5 mln dollar sarmoya ajratdi. Bu haqda «Variety WndrCoga» asoslanib «Kun.uz» xabar berdi.

WndrCo Barri Dillerning media, ko‘ngilochar va sayohat sohasidagi loyihalarga sarmoya kirituvchi IAC kompaniyasiga o‘xshab ishlashni boshlaydi. Shu o‘rinda, IAC kompaniyasi Vimeo, About.com va CollegeHumor'dagi ulushlarga egalik qiladi.

Moliyalashtirish bosqichida 18 sarmoyachi ishtirok etgan, ularning nomi hujjatlarda oshkor etilmagan. Sarmoyalarning eng kam qiymati 25 mln dollarni tashkil etadi. Variety ma’lumotiga ko‘ra, WndrCo 700 mln dollardan ortiq mablag‘ kiritishni rejalashtirgan.

WndrCo Beverli-Xillzda ro‘yxatdan o‘tgan. Katsenberg hujjatda WndrCo menejeri sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, kompaniya xodimlari orasida DreamWorks Animation studiyasining sobiq prezidenti Enn Deyli va Dropbox sobiq moliyaviy rahbari Sudjey Jesv ham sanab o‘tilgan.

1984-1994 yillarda Jeffri Katsenberg The Walt Disney Company direktorlar kengashini boshqargan. 1994 yilda Katsenberg Stiven Spilberg va Devid Geffen bilan birgalikda DreamWorks SKG kinokompaniyasiga asos soladi. U 2004 yilda alohida kompaniya bo‘lib ajralib chiqqan Dreamworks Animation'ga rahbarlik qilgan.

2016 yilning aprelida Comcast korporasiyasiga tegishli NBCUniversal kompaniyasi Dreamworks Animation'ni 3,8 mlrd dollar qiymatida o‘zlashtirib oldi. Bitim yakuniga ko‘ra, Katsenberg AwesomenessTV va Nova medialoyihalarining rivojlanishi bilan shug‘ullanuvchi DreamWorks New Media nomi ostidagi yangi kompaniyani boshqara boshladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 113
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 211
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 80
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 82
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 84
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 69
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 363
  • Bo‘limlar