“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 03:44
ЎЗO‘Z

Yurak xurujiga chalingan Muqaddas Xoliqova boshqa shifoxonaga o‘tkazildi

25 yanv, 16:30 12 521 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yurak xurujiga chalingan Muqaddas Xoliqova boshqa shifoxonaga o‘tkazildi Avvalroq, o‘zbek teatr va kino san’atining taniqli ijodkori, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovaning ikkinchi bor yurak xurujini boshidan o‘tkazgani, Toshkentdagi 1-sonli Markaziy klinik shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgani haqida xabar bergan edik.

Oradan ko‘p o‘tmay, Muqaddas Xoliqovaning qizi Zebiniso ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali onasining ahvoli haqida ma’lumot berib, 24 yanvar kuni, tunda shifokorlarning e’tiborsizligi sabab Xoliqova ko‘p qon yo‘qotgani, qon bosimi tushib ketib, salomatligi yanada og‘irlashgani haqida yozdi va shifokorlarni inson salomatligi yo‘lida o‘z ishiga yanada e’tiborliroq bo‘lishga chaqirdi. Shifokorlarga nisbatan e’tirozlarini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan o‘chirib yuborgan Zebiniso uni takror tarmoqqa joylashtirdi. Bu holatga nisbatan “Oldiniga ko‘p o‘yladim, ayrim tibbiyot xodimlarining mas’uliyatsizligini yozmasammikin deb. Lekin nega indamasligim kerak? Yozaman ham. Ba’zi shifokorlar juda mas’uliyatsiz, ayniqsa, hamshiralar. Shifokorlar qaraydi, davolaydi. Biroq ayrim hamshiralarning layoqatsizligi bemorlarning og‘ir ahvolga tushishiga sabab bo‘ladi”, deydi Xoliqovaning qizi.

Muqaddas Xoliqovaning qizi Zebinisoning ma’lum qilishicha, Muqaddas Xoliqova kecha, 24 yanvar kuni tushdan so‘ng 1-sonli Markaziy klinik shifoxonaning jonlantirish bo‘limini tark etib, Toshkentdagi Respublika Kardiologiya markazi shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Ayni damda Xoliqovaga qo‘yilgan tashxis bo‘yicha shifokorlar davo choralarini ko‘rishmoqda. Aktrisaning qachon jonlantirish bo‘limidan chiqarilishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Muqaddas Xoliqovaning qizi biz bilan suhbatda Respublika Kardiologiya markazi shifoxonasi xodimlari va onasining muxlislari, do‘stlariga minnatdorchilik bildirdi.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovaning tezroq sog‘ayib, jonajon teatri sahnasiga qaytishini tilab qolamiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 151
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 76
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 79
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 171
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar