“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 14:59
ЎЗO‘Z

Bugun, 23 yanvar tunda aktrisa Halima Ibragimovaga hujum qilindi

23 yanv, 11:49 16 067 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bugun, 23 yanvar tunda aktrisa Halima Ibragimovaga hujum qilindi Bugun, 23 yanvar tunda aktrisa Halima Ibragimovaga hujum qilindi. Bu haqda aktrisa o‘zining Instagram’dagi shaxsiy sahifasi orqali xabar berdi, deydi Qalampir.uz sayti.

“Xayrli kech. Bugun, taxminan soat 00:03 atrofida noxush voqea sodir bo‘ldi. Mening xonadonimda, shaxsiy mashinamga kimdir zarar etkazdi. Taxminimcha bu ishni ikki kishi amalga oshirgan. Ular ko‘chamga o‘rnatilgan kuzatuv kameralariga tushib qolishgan. Bu ishni kim qilganini taxmin qilayapman. Agar shu ko‘ngilsiz voqea haqida xabardor bo‘lganlar bo‘lsa, Direct’ga yozishingizni so‘rardim. Ma’lumot uchun pul mukofoti, suyunchi bor”, deb yozadi aktrisa.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisaning uyiga bir necha noma’lum shaxslar kelib, uning xonadoni va mashinasiga qarata tosh otishgan. Natijada Halima Ibragimovaga tegishli avtomobilning o‘ng tomondagi oynalari sinib, chil-chil bo‘lgan.

Hujum vaqtida Halima Ibragimova uyda bo‘lganmi yoki yo‘q, bunisi bizga noma’lum. Eng muhimi, uning o‘zi salomat.

Aktrisa ushbu xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirgach, muxlislarining aksariyati bu ishni uni tanigan insonlargina amalga oshirishi mumkinligini, vaziyatga e’tiborsiz bo‘lmasdan, huquq-tartibot organlariga murojaat qilishni maslahat berishgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 126
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 214
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 83
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 84
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 175
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 0
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 20
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 41
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 29
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 149
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 48
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 125
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 137
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 49
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 52
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 33
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 184
  • Bo‘limlar