“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 21:21
ЎЗO‘Z

Lola sevgan insonini 2 yil avval uchratganini tan oldi

21 yanv, 19:16 10 019 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lola sevgan insonini 2 yil avval uchratganini tan oldi Xonanda Lola Yo‘ldoshevaning Instagram`ga joylayotgan suratlari va ularga yozib qoldirayotgan izohlari uning shaxsiy hayotida yaqin kunlarda katta o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligiga ishora qilmoqda. Xususan, Lolaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylagan posti ham kutilganidek keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda, deb yozadi “Darakchi” nashri.

“Sen qalbining har bir zarrasi bilan seni sevuvchi, muntazam sen haqingda o‘ylaydigan, har bir kunning har bir daqiqasida sen ayni paytda nima qilayotganing, kim bilan ekanliging va ishlaring yaxshi ekanligi bilan qiziqadigan insonga munosibsan. Senga orzularingni ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan va seni o‘zingdagi qo‘rquvlardan himoya qiladigan inson kerak. Seni hurmat qiluvchi inson seni boringcha, hatto kamchiliklaring bilan sevadi. Senga seni haqiqiy ma’noda baxtli qila oladigan inson kerak. Munosib ekanmanmi?”,—deb yozdi Lola sevgan insoni bilan qo‘l ushlashib turgan suratini izohlab.

Mazkur surat qisqa fursat ichida 300 ga yaqin izohlarga sabab bo‘ldi. xonandani internet orqali kuzatib boruvchilar o‘zlarining turli fikrlarini yozib qoldira boshlashdi.

Aksariyat foydalanuvchilar Lolaga baxt tilagan bo‘lsa, xonandaning kelajagidan “qayg‘urib” negativ fikrlarni ham bildirdi.

“Bu erda juda chiroyli ko‘rinadi, biroq sen undan farzandlaringni o‘zinikidek qabul qila olishi haqida so‘raganingda, birdan rulni ushlashi kerakligi uning esiga tushadi va u bunga umuman tayyor emasligini aytadi. Bunday vaqtinchalik munosabatlarning bor mazmuni shunda”,—deb yozadi izohlarda “kuyunchak” muxlislardan biri.

Lola internet foydalanuvchisining bu fikrini javobsiz qoldirmadi:

“Ehtimol kimdadir shundaydir. Biz rulni birgalikda tutamiz. Va uning tayyor yoki tayyor emasligi haqidagi savol hatto yuzaga kelmaydi ham. Chunki, sevgan inson har doim tayyor bo‘ladi! Bir umrga! Sizga baxt tilayman”.

Yana bir muxlis “baxt sukunatni yoqtirishini va sevgi haqida ommaviy ravishda gapirish noto‘g‘ri ekanligi” haqida fikr bildirdi.

“Sukunatni 2 yildan beri yoqtiramiz. Ba’zan o‘z baxting bilan bo‘lishging keladi”,—deb yozdi Lola unga javoban.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 78
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 202
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 77
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 81
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 0
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 0
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 1
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 5
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 4
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 21
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 125
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 62
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Bo‘limlar