“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:55
ЎЗO‘Z

Shahzoda Matchonova: «plastik jarrohlik yoki kiprik ulashlarga qarshi emasman, ammo…»

13 yanv, 22:01 9 485 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shahzoda Matchonova: «plastik jarrohlik yoki kiprik ulashlarga qarshi emasman, ammo…» Aktrisa Shahzoda Matchonova go‘zallik haqidagi mulohazalari bilan bo‘lishdi: —«Men uchun go‘zallik, bu birinchi navbatda, insonning o‘zini qanday tutishida! U atrofdagilar bilan o‘zini qanday tutyapti? Agar u kimligidan qat’iy nazar, boshqalarga, hurmat bilan muomala qilsa, masalan, mashhur inson bilanmi, yoki oddiy sotuvchi bilanmi, hamma bilan ajratmay, birdek yaxshi munosabatda bo‘lsa, demak, shu insonda insoniy go‘zallik bor, deb hisoblayman! Men uchun go‘zallik bu, birov insonga qo‘pol munosabatda bo‘lsa ham, unga nisbatan shunday munosabatda javob qaytarmaslik, uning darajasigacha tushib, unga javoban past ketmaslik, mana shuni ham men go‘zallik, deb hisoblayman! Chinakam go‘zallik, bu boshqalarga bo‘lgan munosabatda, muomalada namoyon bo‘ladi! Ba’zilar go‘zallikni faqat chiroyli yuzda bo‘ladi, deyishlari mumkin. Ammo, hozir yuz go‘zalligi muammo emas! Bir nechta ukol, yoki plastik jarrohlik bilan go‘zal bo‘lish qiyin emas! To‘g‘ri, go‘zal suratga uzoq vaqt tikilish mumkin, ammo unda mazmun ham bo‘lishi kerak! Dunyoda go‘zal insonlar ko‘p, ayniqsa hozir mablag‘ bilan go‘zal bo‘lish imkoni bor, hamma birdek go‘zallashmoqda! Yuzi go‘zal insonlarni topish juda oson, ammo qalban, harakatlari, muomalasi, munosabat taraflama go‘zal insonlarni topish qiyin! Undaylar afsuski, juda kam uchraydi. Ayniqsa, inson hasadgo‘y bo‘lmasa, haqiqiy go‘zallik mana shunda! Agar insonda hasad bo‘lsa, yuragi qora bo‘lib, ko‘nglida “mana bu bilan munosabat o‘rnatsa bo‘ladi, bu bilan yo‘q”, deb odam ajratsa, “chunki, bu badavlat, bunisini mavqeyi bor, bunisi esa oddiy odam” deb, tanlab o‘tirsa, uning qandayligi baribir bilinib qoladi! Ming plastik jarrohlik qildirmasin, ming go‘zal bo‘lmasin, qalban xunukligi, hasadgo‘yligi, baribir hatti-harakatlarida namoyon bo‘lib qoladi! Men o‘zim shaxsan, plastik jarrohlik yoki kiprik ulashlarga qarshi emasman, ammo, menimcha, insonlar tashqi go‘zallikka zo‘r bergan holatda, eng muhimi qalb go‘zalligi haqida unutib qo‘yishmoqda. Odatda ayollar, erkak kishi uchun, tashqi go‘zallik muhim, deb o‘ylashadi. Yo‘q, aqlli erkak uchun, birinchi o‘rinda qalb go‘zalligi, tarbiya, bilim, tashqi go‘zallikdan avval muhimroq bo‘ladi.

Siz uchun guzallik nimada?» — deb murojaat etadi Shahzoda Matchonova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Manba: Diydoraziz.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 34
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 159
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 61
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 641
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 360
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar