“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 02:03
ЎЗO‘Z

Ulug‘bek Rahmatullaevning qo‘shig‘ini eronlik xonanda o‘g‘irladi

04 yanv, 12:57 10 805 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ulug‘bek Rahmatullaevning qo‘shig‘ini eronlik xonanda o‘g‘irladi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullaevning “Qirmizi olma” qo‘shig‘i 2016 yilning eng ommalashgan taronalaridan biri bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Rahmatullaevning mazkur qo‘shig‘i eronlik xonanda tomonidan o‘g‘rincha kuylandi. Bu haqda Ulug‘bek Rahmatullaev ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali xabar berdi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Eronlik xonanda Aref tomonidan kuylangan “Ki behtari az to” nomli qo‘shiqning videoklipidan parchani ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga joylashtirgan Ulug‘bek Rahmatullaev shunday yozadi:

“Ana, endi eronlik mashhur xonanda ijrosida “Qirmizi olma”. Bizdan ruxsat so‘ramasdan kuylagan, ammo biz xafa emasmiz. Chunki, bungacha qancha qo‘shiqlarimiz kuylandi. Agar ishonmaydiganlar bo‘lsa, YouTube’ga kirib, klipni vaqti va tepada turadigan belgisini ko‘rsa, bilib oladiki, qo‘shiq, albatta, birinchi biz tarafdan kuylangan. Tez orada bu xonandadan video ko‘rinishida rahmatlar eshitamiz. Judayam xursandman, Yaratganga shukr. Niyat to‘g‘ri bo‘lsa, hamma narsa bo‘ladi. Balki, duet ham kuylab qolarmiz”.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullaev qo‘shig‘ini boshqalar beruxsat kuylab chiqqanidan achchiqlanmasligi aniq. Birinchidan, qachonlardir xonandaning o‘zi ham “Bemor”, “Layloyimsan” kabi qo‘shiqlarini o‘g‘irlab kuylagan edi. Ikkinchidan, o‘zbek shou-biznesida aksariyat xonandalar, hatto, O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova ham xorijdan o‘g‘irlagayotgan bir vaqtda Rahmatullaevning qo‘shig‘ini eronliklar ko‘chirib aytishi – istisno.

Eronlik xonanda Aref tomonidan aytilgan “Ki behtari az to” qo‘shig‘ini tinglab, baho bering.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 120
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 213
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 82
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 82
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 59
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar