“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 08:38
ЎЗO‘Z

Shahzoda Matchonova turmush o‘rtog‘i bilan yashayaptimi?

03 yanv, 12:42 50 037 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shahzoda Matchonova turmush o‘rtog‘i bilan yashayaptimi? 2016 yilning 25 noyabr kuni aktrisa Shahzoda Matchonova turmush qurgani haqida xabar bergan edik. Umar va Shahzodaning to‘yi Toshkentdagi “Yakkasaroy” restoranida bo‘lib o‘tdi.

To‘y so‘ng, oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Shahzoda Matchonovaning to‘yi bilan bog‘liq turli mish-mishlar tarqaldi. Gap so‘zlarga qaraganda, kuyovning asl ismi boshqa, bu to‘y shunchaki “ko‘rgazma” uchun tashkil etilgan. Birozdan so‘ng bu gaplarning hammasi barham topdi.

Aktrisa Shahzoda Matchonova ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga doimiy ravishda shaxsiy hayoti va ijodi bilan bog‘liq suratlarni joylashtirib boradi. Biroq aktrisa shu vaqtgacha to‘yidagi suratlarni shaxsiy sahifasiga joylashtirmayotgan edi. Bu esa mish-mishlarning yanada alanga olishiga sabab bo‘ldi. Bu orada esa “Shahzoda turmush o‘rtog‘i bilan yashayaptimi?”, qabilidagi savollar paydo bo‘ldi. Matchonova esa bu savollarga javob bo‘lguvchi suratni ommaga e’lon qildi.

Kecha Matchonova turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini joylashtirib, ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilarini Yangi yil bilan tabrikladi, deb yozadi Qalampir.uz sayti. Surat to‘ydan olinmagan, aksincha, xorij safarida tushirilgani ko‘rinib turibdi. Unda Shahzoda turmush o‘rtog‘ining qo‘l telefoniga tikilib o‘tiribdi. Kuyov esa Shahzodaga befarq, u telefon o‘ynash bilan ovvora. Go‘yo ikkisi ham kimdir bu holatni suratga muhrlayotganini bilishmayapti.

To‘ydan so‘ng “bolalagan” gap-so‘zlardan charchagan Matchonova ushbu surat ostiga izoh qoldirish imkoniyatini cheklab qo‘ygan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 72
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 74
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 43
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 170
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 49
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 234
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 248
  • Bo‘limlar