“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 08:12
ЎЗO‘Z

AQShning eng badavlat mashhur kishilari e’lon qilindi

29 dek, 11:28 7 603 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQShning eng badavlat mashhur kishilari e’lon qilindi Amerikalik rejissyor, “Yulduzlar jangi” filmlari yaratuvchisi Jorj Lukas Forbes jurnaliga ko‘ra AQShning eng badavlat mashhur kishilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi, deb yozmoqda Kun.uz sayti. Reyting nashrning elektron nusxasida chop etildi.

Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, Lukasning mablag‘i taxminan 4,6 milliard dollarga baholandi. Rejissyor bu summaning asosiy qismini o‘zining Lucasfilm kompaniyasini The Walt Disney Company korporasiyasiga 2012 yilda 4,05 milliard dollarga sotishi evaziga olgan. Jurnalning ta’kidlashicha, Lukas Kaliforniya shtatida maydoni 24 kv. km bo‘lgan ranchoga ham egalik qiladi.

Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnida yana bir rejissyor Stiven Spilberg 3,7 milliard dollar bilan qayd etildi. U mablag‘ining asosiy qismini DreamWorks kinostudiyasidagi omadli ishlari sabab topgan. Spilberg 1990-yillar uning asoschilaridan biri bo‘lgan.

Kuchli “uchlik”ni esa AQShdagi eng mashhur teleboshlovchilardan biri Opra Uinfri yakunlab berdi (2,8 mlrd dollar). Uinfri asosan o‘zining Harpo Productions kompaniyasi sabab shuncha pulni ishlab topgan. Nashrning ta’kidlashicha, AQShdagi eng nufuzli shaxslardan biri bo‘lgan boshlovchi Havayi shtatida ko‘chmas mulkka ham ega.

To‘rtinchi pog‘onani amerika basketboli afsonasi Maykl Jordan (1,2 mlrd. dollar) egalladi. Ikki karra Olimpiya va olti karra MBA g‘olibi bo‘lgan sportchi sport va oyoq kiyimlari reklamasi sabab boyib ketgan. Beshinchi o‘rinda ko‘zbog‘lovchi Devid Kopperfild taxallusi bilan mashhur Devid Set Kotkin (850 mln. dollar). Nashrning ta’kidlashicha, u qo‘ygan tomoshalari sabab ishlab topgan pullarini “sehrli artefaktlar”ning yirik kolleksiyasiga yo‘naltirgan.

Ro‘yxatdan hammasi bo‘lib 20 kishi joy oldi. Ular orasida amerikalik golf ustasi Tayger Vuds (740 mln. dollar), yozuvchi Jeyms Patterson (700 mln. dollar), rep-ijrochi Jey-Zi (610 mln. dollar), qo‘shiqchi Madonna (560 mln. dollar), musiqachilar Jimmi Baffet (550 mln. dollar) va Jon Bon Jovi (410 mln. dollar), shuningdek boshqa mashhur insonlar bor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 35
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 162
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 643
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar