“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 20:01
ЎЗO‘Z

Akbarxo‘ja Rasulov: “Ustyurtga yo‘l” tufayli “Borsa-kelmas”ga bordim

22 dek, 14:38 13 956 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Akbarxo‘ja Rasulov: “Ustyurtga yo‘l” tufayli “Borsa-kelmas”ga bordim Alisher Navoiy nomli kino saroyida rejissyor Abduvohid G‘anievning “Ustyurtga yo‘l” deb nomlangan film taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur film “O‘zbekkino” milliy agentligining buyurtmasi bilan “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasida suratga olingan.

Filmda bosh rollarni Akbarxo‘ja Rasulov, Adiz Rajabov, Kupjursin Allanazarov, Shahzoda Matchonova, Nargiza Salmonova, Abduraim Abduvahobov, Bazarbay Nazarimbetov singari aktyor va aktrisalar ijro qilishgan.

Taqdimotga musiqa va kino olami vakillari, xususan Madina Mumtoz, Akbarxo‘ja Rasulov, Adiz Rajabov, Shahzoda Matchonova, Nargiza Salmonova, Abduraim Abduvahobov, Hilol Nasimovlar mehmon bo‘lishdi.

Bundan tashqari taqdimotda Uz-Kor Gaz Chemical O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi boshqaruvi raisi Li Xong Yol ham ishtirok etdi.

Film haqida bosh rol ijrochisi Akbarxo‘ja Rasulov shunday deydi:

“Filmda o‘z ishining fidoyisi obrazini gavdalantirganman. Bu inson haqiqatdan ham Uz-Kor Gaz Chemical O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasida faoliyat yuritadigan, hayotda bor inson. Filmni suratga olish bahonasida balki umrim mobaynida yo‘lim tushmaydigan, ko‘rmaydigan go‘zal maskanlarni ko‘rdim. Faqatgina kitoblarda o‘qigan «Borsa-kelmas» degan joydagi “Tuz koni”ga bordik. So‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydigan darajada hayratlanarli voqealar juda ko‘p bo‘ldi. Film haqida, voqealar rivojini muxlislarimiz filmni ko‘rib o‘zlari baho berishlari mumkin.”

Film 21 dekabrdan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida namoyish qilinmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 47
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 605
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 353
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 520
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 35
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 29
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 21
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 92
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 112
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 37
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 146
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 41
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 59
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 104
  • Bo‘limlar