“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 23:14
ЎЗO‘Z

Ulug‘bek Rahmatullaev: “Kelajakda bizni katta o‘zgarishlar kutayotganiga ishonaman”

04 dek, 14:25 7 876 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ulug‘bek Rahmatullaev: “Kelajakda bizni katta o‘zgarishlar kutayotganiga ishonaman” 2016 yil 4 dekabr sanasi O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi uchun muhim sana. Shu kuni xalqimiz o‘z Prezidentiga ovoz beradi. Bu borada bugun san’atkorlar juda faol. Xalqimiz sevgan xonandalarimiz shu vaqtgacha ovoz berishga ulgurishdi. Ular orasida Ulug‘bek Rahmatullaev ham bor.

O‘z tanlovini amalga oshirgan Ulug‘bek Rahmatullaev O‘zbekiston Respublikasi siyosatidagi muhim jarayon haqida quyidagicha fikr bildirdi:

“Albatta, saylov va saylovda ishtirok etish men uchun, qolaversa, oilamiz uchun muhim ahamiyatga ega. Men tanlagan nomzod farzandlarimiz kelajagi uchun xizmat qiladi, deb o‘ylayman. O‘zbekiston kelajagida ham barchamizni katta o‘zgarishlar kutayotganiga ishonaman. Bunday muhim sanada har bir inson shaxsan ovoz berish tarafdoriman.

Biz ham oila a’zolarimiz bilan 632-saylov uchastkasiga keldik va har birimiz o‘zimiz uchun alohida ovoz berdik. Barchani saylovda ishtirok etishga chorlayman va har bir inson o‘zi uchun shaxsan ovoz berishini so‘rayman. Har bir ovoz ahamiyatga egaligini unutmaylik”.

Avval xabar berganimizdek, Prezidentlik saylovida bir kishi butun oila a’zolari nomidan ovoz berishi qat’iyan taqiqlangan. Shunday ekan, har bir saylovchi o‘z ovoziga ega bo‘lsin va kelajak uchun ovoz bersin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 95
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 202
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 77
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 81
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 0
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 0
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 1
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 8
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 17
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 32
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 35
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 154
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 43
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 135
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 141
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 29
  • Bo‘limlar