“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 03:26
ЎЗO‘Z

Shou-biznesdagi taniqli oilalardan birida o‘g‘il farzand dunyoga keldi

26 noya, 19:42 10 992 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shou-biznesdagi taniqli oilalardan birida o‘g‘il farzand dunyoga keldi Bugun, 26 noyabr kuni “Sharq” guruhi a’zolari Sarvar Akbarov va Tatyana Zayseva o‘g‘il farzandli bo‘lishdi. Bu haqda radioboshlovchi Jamshid Hojiniyozov o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali xabar berdi va ijodkorlarni yangi mehmon bilan tabrikladi.

“Azizlarim, Sarvar va Tatyana, sizlarni uzoq kutilgan farzandingiz, o‘g‘lingizning dunyoga kelgani bilan tabriklayman. Sizga va farzandingizga sog‘liq, quvonch va nurli kelajakni tilaymiz. Umri, rizqi bilan bergan bo‘lsin, ilohim. Siz uchun xursandmiz! Hojiniyozovlar oilasi”, deb yozadi muallif.

Ma’lumot uchun, Sarvar Akbarov “Sharq” guruhini 2001 yilda do‘sti va kursdoshi Murod Rahmatullaev bilan tashkil etadi. Keyinchalik Sarvar guruh uchun ayol xonanda izlashni boshlaydi va Tatyana Zayseva 2008 yilda guruhga xonanda sifatida kirib keladi.

Sarvar va Tatyana bundan besh yil avval turmush qurishgan. Bu ularning birinchi farzandlari.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Sarvar va Tatyanani farzandli bo‘lganlari bilan muborakbod etib, ona va bolaga mustahkam sog‘lik tilab qolamiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 35
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 162
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 62
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 643
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar