“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 00:06
ЎЗO‘Z

Lolaning qizi Shahina ilk bor katta sahnada qo‘shiq kuyladi, keyinroq bokschi Hasanboy Do‘stmatov zalga chiqib keldi

22 noya, 13:55 10 953 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lolaning qizi Shahina ilk bor katta sahnada qo‘shiq kuyladi, keyinroq bokschi Hasanboy Do‘stmatov zalga chiqib keldi Xonanda Lolaning uch kunlik konsert dasturidan birinchisiga tashrif buyurgan, deb yozmoqda «Daryo» nashri.

Lola duetdoshi Shohruxxon bilan qo‘shiq kuylagach, unga murojaati bilan hammani kuldirdi, deb yoziladi sharhda. «Bugun Shohruxxon nimadandir uyalyapti. Asal siz bilan birga kelganmidi? U zaldami?», — deb Lola sahnada tortinchoqlik bilan qo‘shiq kuylagan Shohruxxonga hazil bilan yuzlangan.

Shohruxxon esa Lolaning savollariga javob qaytarmay, zalni o‘sha-o‘sha tortinchoqlik bilan tark etgan.

Shuningdek, konsert davomida Lolaning to‘ng‘ich farzandi Shahina ilk bor qo‘shiq kuylagan. Onasining yoshligini eslatuvchi bu qizcha «Erkatoy» qo‘shig‘ini mahorat bilan ijro etdi, deb yozilgan «Darakchi» maqolasida.

Xonanda Lola navbatdagi qo‘shig‘ini ijro etib bo‘lgach, kiyimini almashtirish uchun sahna ortiga o‘tib ketgan. Zaldagi chiroqlar o‘chirildi va sahnada to‘rt raqqos paydo bo‘ldi. Ular qo‘llaridagi uzun arqon bilan ramziy ringni hosil qildi. Birozdan so‘ng musiqa sadolari ostida ringda bokschi paydo bo‘ldi. Dastlab, uni hamma raqqoslardan biri deb o‘yladi. Biroq u Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatov edi. Boshlovchi uni tanishtirganida, muxlislar bokschini hayajon bilan olqishladi.

Do‘stmatovdan so‘ng ringga yana bir ‘bokschi’ kirib kelgan. Oppoq kiyimdagi bu ‘bokschi’ esa reper Shahriyor bo‘lib, u Lola bilan birga ‘Ko‘nikmadim’ duetining yangi talqinini ijro etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 45
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 599
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 352
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 512
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 34
  • So'nggi yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 61
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 36
  • Bo‘limlar