“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 12:02
ЎЗO‘Z

Jahongir Otajonov konsertidan yaxshigina daromad topishini aytdi

04 okt, 11:13 12 028 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jahongir Otajonov konsertidan yaxshigina daromad topishini aytdi Xonanda Jahongir Otajonov joriy yilning 28-29 oktyabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida “Kuz gullari” nomli navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etish arafasida turibdi. Bu yil konsert dasturining OAV orqali yoritilishiga alohida e’tibor qaratgan Otajonov Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida jurnalistlar bilan uchrashdi. Matbuot anjumanida OAV xodimlari xonandaga yig‘ilib qolgan bir qancha qiziqarli savollar bilan murojaat qilishdi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi.

Jurnalistlardan biri xonandaga shu yilning iyun oyida konsert berganini eslatib, “Yilda ikki marotaba konsert berayapsiz... Bunga sabab nima, tijoratmi yo muxlislar talabimi?”, degan savol bilan murojaat qildi.

Xonanda mazkur savolga javob berar ekan, boshqa qo‘shiqchilar kabi konsert ortidan keladigan mablag‘ni kissasiga yashirmadi, aksincha, maqsadi tijorat ekanini ro‘y-rost aytdi.

“Men ham 7-10 kun konsert qo‘ygim keladi. Ammo konsertim jonli ijroda bo‘lgani uchun uch kundan keyin ovozim yoqolib qoladi. Shu sabab yilda ikki marotaba konsert berishni niyat qilib qo‘ydim.

Yashirmayman, konsertda yaxshigina daromad topaman. Konsertdan pul topmayman, aksincha, zarar ko‘raman, deydigan hamkasblarimga esa baho berolmayman”.

Xonanda konsert dasturiga tayyorgarlik bilan bog‘liq savollarga javob berar ekan, sahnada yotib qo‘shiq kuylashidan tortib, yig‘lashigacha hech qanday tayyogarlik va ssenariylarsiz bo‘lishini, ichki tug‘yonini tutib turolmasligini ma’lum qildi. “Meni ko‘pchilik telba deydi. Men musiqadan shunchalar zavqlanamanki, atrofimdagi narsalarni anglamayman”, deydi Otajonov.

“Bu yilgi konsertimda ham hech qanday yangilik bo‘lmaydi. Faqat yangi qo‘shiqlar kuylanadi, xolos. Qolgani esa muxlislar talabiga binoan bo‘ladi. Men hech qachon konsertda ssenariy bilan ishlamaganman. Konsert rejissyori, bastakor, boshlovchi, shoumen – hammasi o‘zim”.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 111
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 207
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 77
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 81
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 59
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 188
  • Bo‘limlar