“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 09:27
ЎЗO‘Z

O‘zbek shou-biznesining taniqli vakillaridan biri uylandi

30 iyul, 12:16 21 124 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbek shou-biznesining taniqli vakillaridan biri uylandi Kecha, 29 iyul kuni o‘zbek shou-biznesining favqulodda taniqli vakillaridan biri Alisher Rahmatullaev uylandi. 2009-2010 yillarda “Ledy”, “Chora-chora” va “Setora” guruhi bilan kuylagan “Begona” nomli qo‘shiqlari bilan tilga tushgan Rahmatullaev Zilola ismli qizga uylangan, deb yozmoqda "Qalampir" nashri. Aktrisalar Halima Ibragimova va Zuhra Solievaning bergan ma’lumotlariga qaraganda, to‘y Toshkentdagi “Charog‘on” restoranida bo‘lib o‘tgan. Shou-biznes olami vakillari bilan to‘lib-toshmagan to‘y oqshomiga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobilova, xonanda Jasur Umirov tashrif buyurishgan.

Ijodni endigina boshlagan davrlarda xonanda Alisher Rahmatullaev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxonning shogirdi sifatida tilga tushgan edi. Keyinchalik Sardor Rahimxon Alisher Rahmatullaevga chuv tushganini, falon million pulini olib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lganini aytib iddao qilib chiqqandi. Bu voqealar 2010 yilning oxirlari 2011 yilning boshlarida OAVlarning asosiy mavzusiga aylangandi. O‘shanda sud Alisher Rahmatullaevni ozodlik mahrum etish bo‘yicha qaror chiqardi va Rahmatullaev hibsga olindi. Ko‘p o‘tmay xonanda yana ozodlikka chiqdi. Keyingi paytlarda ijod olamida umuman ko‘rinmay qolgan Rahmatullaev endilikda san’at olamidagi faoliyatini davomi ettiradimi yoki yo‘q, bunisi bizga qorong‘u.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan yangi oila vakillari Alisher va Zilolaga ulkan baxt va saodat tilab qolamiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 184
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 76
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 79
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 172
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar