“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 20:04
ЎЗO‘Z

Pul bilan har kimni yulduzga aylantirish mumkinmi?

30 iyul, 11:19 7 562 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pul bilan har kimni yulduzga aylantirish mumkinmi? Bugungi kun shou-biznesini ko‘rgan odam xar qanday odamni yulduzga aylantirish mumkin degan xulosaga keladi. Chiroyli tashqi ko‘rinish, ochiq-sochiq kiyim qarabsizki bo‘lajak megayulduz tayyor, deb yozadi "DiydorAziz" nashri. Qo‘liga mikrafon tutqazib qator she’rni yod olsa bo‘ldi. Fonogrammani hisobga oladigan bo‘lsak bu ham shart emas. Aynan shunday yo‘l bilan porlayotgan yulduzlardan biri Amira Alibekova bilan shu xususida suhbatlashdik. Xonanda biz olg‘a surgan fikr haqida shunday dedi:

Yo‘q, aslo. Ollox bergan iqtidori bo‘lmasa u yulduz darajasiga chiqa olmaydi deb o‘ylayman. To‘g‘ri fikringizni tushunib turimman. Demoqchisizki, pul reklama va yaxshi prdyusser bilan oson yulduz bo‘lish mumkin deb o‘ylayotgandirsiz. Lekin, yulduzlik ortida katta mehnat va iqtidor, sabr va jasorat yotadi. Pul va yaxshi prodyusser bilan chiqqan iqtidorsiz kishi uzoqqa bormaydi menimcha. Avvalari odamlar bir tiyinsiz ham katta sana’tkor bo‘lishga erisha olishgan. Yolg‘izgina iqtidorlari bilan, mehnat qilib el og‘ziga tushishgan. Ha xozir pul, xomiy katta rol o‘ynaydi, lekin vaqtincha. Nima bo‘lganda ham taqdirda yulduz bo‘lish bitilgan bo‘lsa, u albatta bo‘ladi.

Ba’zi sana’tkorlarimizda ismlarini tilga olishni istamayman, yaxshi tashqi ko‘rinish, katta pul sarflangan kliplar bor lekin ularda iqtidor sezilmaydi.
Bu kabi xonandalarfeshn yo‘nalishidagi o‘ziga xos loyixalar xisoblanadi. Lekin, meni fikrimcha ularda ham o‘ziga yarasha iqtidor bor. Ularning ham o‘z muxlislari bor bo‘lsa kerak.

Ko‘pgina muxlislarning fikricha kliplaringizda sizning obraz, liboslaringiz birinchi planda, ikkinchi darajada esa klipdagi tasvir, uchinchi bo‘lib qanday kuylayotganingiz va to‘rtinchi o‘rinda nima haqida kuylayotganingiz turadi deyishdi. Bu fikrga munosabatingiz?
Yo‘q men bu fikrga aslo qo‘shilmayman. Aksincha men tashqi ko‘rinishimni birinchi planga olib chiqmayman. To‘g‘ri meni obrazim imijim borasida ishlaymiz.Biroq, men qo‘shiqlarim ma’nosiga birinchi bo‘lib axamiyat beraman. Qo‘shig‘imga klip ishlaydigan bo‘lsak uni syujitiga ham ahamiyat beraman, albatta. Bu fikrlarni noto‘g‘ri deb xisoblayman.

Lekin, kliplaringiz syujeti qo‘shiqlaringiz mazmuniga mosmasdek
To‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Bu faqat meni kliplarimga tegishli muammo emas, boshqalarda ham shunday. Meni 90 foiz qo‘shiqlarim muxabbat xijron, alamlari, javobsiz sevgi haqida. Tasavvur qiling endi kliplarim hammasi shu mavzuni olib chiqsa ular zerikarli bo‘lardi. Shuning uchun ham trek yo‘nalishida klip olamiz.

Qo‘shiqlaringiz ham uqadar mazmunli emas.
To‘g‘ri, lekin men 50 yoshli xonanda emasman-ku, yoshlarbop qo‘shiq kuylayman.Biroq, meni qo‘shiqlarimni mazmunsiz deb ham o‘ylamayman. Masalan, “Umr o‘taveradi”, “Najotimsan”, “Ikki soxillar” kabi qo‘shiqlarimni yaxshilab tinglasangiz ularda falsafa mazmun borligini sezasiz. Men xar bir qo‘shig‘imga kayfiyatimni ruxiyatimni berib kuylayman. Ularni odamlar tushunib tinglashlarini xoxlardim.

Biroq, tan oling kliplarda xuddi modellardek nomoyon bo‘lasiz.
To‘g‘ri bo‘y bastim, to‘la emasligim bilan modellarga o‘xshashim mumkin. Lekin modellardan talab qilinadigan tashqi ko‘rinishga ega emasman. Bu soxada umuman o‘zimni tasavvur eta olmayman va xoxlamayman ham. Ollox menga ovoz bergan undan foydalanib kuylashni istayman. Modellik men uchun emas.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 116
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 212
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 82
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 82
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 23
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 83
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 218
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 61
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 99
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 29
  • Bo‘limlar