Bugun shou-olamida o‘z ovoziga, imijiga ega bo‘lgan san’atkorlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Biroq xonanda Manzura doim boshqalardan o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Uning ovozi, qo‘shiqlaridagi dard muxlislarini doim, faqat uning olamigagina oshno etgan.
Manzura “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida nima uchun erkaklarga ishonmasligini izohladi.
“Dugonalarimning orasida ham erkaklarning mas’uliyatsizligi tufayli ajrashib, bolalari bilan yolg‘iz qolganlari bor. Bilasizmi, bolani dunyoga keltirgan ota emas, balki onasining dugonalari, yaqinlari boqayotgani ayanchli ahvol emasmi? Mana shunday holatlarga guvoh bo‘lganim uchun ham erkaklarga ishonmayman. Ammo shu paytgacha turmushga chiqmaganimning bunga aloqasi yo‘q. Hammasi taqdirdan, har kim taqdirida borini ko‘radi. Lekin hayotda buning aksi bo‘lgan yaxshi holatlar ham bor. Hattoki, o‘zimning tengqurlarim orasida ham oilasiga sadoqatli turmush o‘rtoq, ota-onasiga mehribon farzandlar judayam ko‘p”.