“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 01:33
ЎЗO‘Z

Dilfuza Ismoilova: “Ahmadboy bilan qarindosh edik”

18 iyul, 17:55 14 877 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dilfuza Ismoilova: “Ahmadboy bilan qarindosh edik” Avvalroq, chinozlik Ahmad Tursunboyevning kirdikorlari fosh etilib, u tuzgan “moliyaviy piramida”ga nuqta qo‘yilgani haqida xabar bergan edik. Ahmadboyning noqununiy faoliyati to‘g‘risidagi “Ahmad vasvasasi” ko‘rsatuvi efirga uzatilgach, unda ko‘rsatilganlardan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali e’tiroz bildirib chiqqan edi.

O‘tgan haftada esa ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Telegram messenjerida xonanda Dilfuza Ismoilovaning Ahmad Tursunboyev bilan birga suratga olingan videolari tarqaldi. Ushbu videolarda Ismoilovaning Tursunboyevni duo qilayotgani tasvirlangan, deb xabar bermoqda "Qalampir.uz" sayti.

“Baxtimizga boy otamiz sog‘ bo‘lsinlar, umrlari uzoq bo‘lsin. Ollohning o‘zi sizni o‘z panohida asrasin. Boy otamizni yomon ko‘zlardan, yomon odamlardan xudo asrasin”, deb niyat qiladi Ismoilova.

Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Kimdir Ismoilova ishtirokidagi bu videoni oddiy holatga yo‘ysa, yana boshqalar xonandani ham Ahmadboyga pul berganlar qatoriga qo‘shmoqda. Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida xonanda Dilfuza Ismoilova bilan bog‘landik.

“Ahmadboy Tursunboyev qarindoshlarimizdan biri bo‘lgan. Siz aytayotgan videoda esa nomaqbul holat yo‘q. Men u kishinning xonadonidagi to‘yda ishtirok etganman. Bu video ana shu to‘yda olingan”, deydi Ismoilova.

Mazkur videoni ijtimoiy tarmoqlar orqali tomosha qilib, o‘z fikrini bildirayotganlarning ko‘pchiligi Dilfuza Ismoilovaning deyarli hamma to‘ylarda videolarga shu tarzda tushishi, to‘y egalarini, kuyov va kelinni videodagidek duo qilishi odatiy holligini aytishmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Tursunboyev bir necha yillar davomida yiliga kamida 100 foizlik dividend to‘lash, ya’ni ikki barobar qilib qaytarishni va’da qilib, juda katta miqdordagi omonat mablag‘larini milliy va xorijiy valyutada qabul qilish bilan noqonuniy ravishda shug‘ullanib kelgan. Bundan tashqari, “tadbirkor” yiliga 40 foizlik ustama to‘lash sharti bilan aholiga qarz berib kelgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 130
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 76
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 79
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 171
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 0
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Bo‘limlar