“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 03:45
ЎЗO‘Z

Toir Asqar: “Otarchi”lar TVga chiqib, haqiqiy san’atkorlar to‘yda yuribdi”

14 iyul, 20:21 10 251 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toir Asqar: “Otarchi”lar TVga chiqib, haqiqiy san’atkorlar to‘yda yuribdi” Avvalroq, poytaxtdagi Milliy matbuot markazida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan taniqli xonandalar, san’atshunoslar va OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etilgani haqida xabar bergan edik. Unda ishtirok etgan mohir sozanda va xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Toir Asqar telekanallar ma’muriyatiga nisbatan e’tirozini bildirdi, deb xabar berdi "Qalampir.uz" sayti.

“Xonandalar ko‘payib ketyapti. Haqiqiy san’atkorlar esa TV va radiolarda kam chiqadi. Aslida yaxshi qo‘shiqlarimiz juda ko‘p. TVda chiqayotgan yosh xonandalarning homiysi bor, ular ma’lum vaqtlarni sotib olish imkoniyatiga ega. Katta san’atkorlar esa yo televideniega borib pul to‘lashga erinadi, yo bunga mablag‘i yo‘q, yo bo‘lmasa ularga rag‘bat qilinmaydi. Shuning uchun ham “otarchi”lar TVga chiqyapti, televizorga chiqishi kerak bo‘lgan haqiqiy san’atkorlar esa to‘yda pul topib yuribdi.

Men shuni iltimos qilardimki, haqiqiy san’atkorlarning ijodini xalqqa etkazish, milliy qo‘shiqlarni targ‘ib qilish uchun TVlarda ma’lum vaqt ajratilsin. Iqtidorli ijodkordan mablag‘ talab qilish kerak emas. Aksincha, uning ijodiga ko‘mak berish, yordam qo‘lini cho‘zish kerak”, deydi Toir Asqar.

Yuqorida aytilgan fikrlarni matbuot anjumanida o‘tirgan taniqli san’atkordan tortib, jurnalistlar ham qo‘llab-quvvatladi. “O‘zbenavo” estdara birlashmasi Bosh direktori o‘rinbosari Murodjon Majidov Toir Asqarning talabiga javob qaytarar ekan, ayni damda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi qoshida “Yagona badiiy kengash” tuzish ishlariga start berilganini, mazkur loyiha amalga oshirilgach, telekanallarning o‘zbilarmonchiligiga nuqta qo‘yilishini alohida ta’kidladi.

Yig‘ilish davomida “MY5” telekanalining bugungi faoliyati, unda efirga uzatilayotgan kliplar yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani muhokama qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 151
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 76
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 79
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 171
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar