“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 09:30
ЎЗO‘Z

“O‘zbeknavo” 40 nafar xonandani qayta tarbiyalamoqchi

12 iyul, 19:24 9 276 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“O‘zbeknavo” 40 nafar xonandani qayta tarbiyalamoqchi Avvalroq, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan san’atkorlar uchun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida malaka oshirish kurslari tashkil etilgani haqida xabar bergan edik. Unda yosh xonandalar institutning malakali o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan darslarda ishtirok etib, sertifikatlar bilan taqdirlangandi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi.

Kuni kecha Milliy matbuot markazida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida birlashma Bosh direktori o‘rinbosari Murodjon Majidov joriy yilning avgust oyida 40 nafar xonanda uchun ma’naviyat darslari tashkil etilishi haqida ma’lum qildi.

“Bundan oldingi darslarga aql-hushi joyida san’atkorlarni jalb qilganimiz yaxshi bo‘ldi. Boisi keyingi darslarni tashkil etish borasida ulardan ancha fikrlar oldik.

Ma’naviyat soatlarini to‘xtatib qo‘ygan edik. Bugun bunga ehtiyoj ortib borayotganini his qilgan holda yana ma’naviyat darslarini davom ettirmoqchimiz. Chunki bugungi ayrim xonandalar kitob, gazeta o‘qimaydi, TV ko‘rmaydi. Dunyoda kechayotgan voqealardan xabardor emas. Bunday ijrochilarni esa o‘qitish kerak”, deydi Murodjon Majidov.

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi bundan avvalgi malaka oshirish kurslarida Farrux Ahmedov, Umar Shamsiev, Tohir Usmonov, Botir Yaminov, Yagona, Amira Alibekova, Ruhshona kabi o‘zbek estradasida o‘z o‘rniga ega, ta’bir joiz bo‘lsa, hali pand emagan va ishonchni so‘ndirmaganlarni qayta tarbiyalagan edi. Balki navbat o‘zbek tilini bilmay o‘zbekcha kuylayotgan, targ‘ibot tadbirlariga ochiq-sochiq liboslarda borayotgan, to‘y-hashamlarda janjalkashligi bilan tilga tushganlarni tarbiyalashga etgandir. “O‘zbeknavo” bu borada ko‘zga ko‘rinarli natijaga erishadi, degan umiddamiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 35
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 162
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 643
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar