“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 12:21
ЎЗO‘Z

Yigitali ajrashish sabablarini oshkor qildi: «Ayyor ayol» deganda u kimni nazarda tutgan edi?

09 iyul, 13:06 15 463 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yigitali ajrashish sabablarini oshkor qildi: «Ayyor ayol» deganda u kimni nazarda tutgan edi? Xonanda Rayxon anchadan buri jurnalistlarning ajrashish haqidagi savollarini ochiq qoldirayotgan edi. U bo‘lib o‘tgan voqealarni qayta taftish qilish aybdor izlashni o‘ziga ep ko‘rmasligini intervyu chog‘ida bir necha bor aytgan. Hordiq gazetasidagi yangi loyihada Yigitali bu haqida ochiq gapirdi. Mazkur nashr Yigitali Mamajonovga san’atkorlardan tushgan savollar bilan murojaat qildi, deb xabar berdi “Diydor aziz”.

Xususan Shohida Uzoqova aktyorga shunday savol bergan: “Savolim sizga biroz og‘ir botishi mumkin. Farzand Allohning mo‘’jizasi. Siz nima bo‘lgan tadqirda ham oilani saqlab qolishingiz kerak edi. Nega bunga harakat qilmadingiz?”

Yigitalining ushbu savolga javobii ularning darz ketgan oilalari sabablarini ochgandek bo‘ldi. “ Inson birovning hayotini bilmasdan turib bunaqa xulosaga kelishi noto‘g‘ri. Har bir inson boshidan o‘tganini o‘zi biladi va har kimning o‘z haqiqati bor. Harakat qilmadi, degan qarorga kelish mening haqiqatimga to‘g‘ri kelmaydi. Men bolalarim otasiz o‘smasligi uchun urindim, chunki o‘zim 8 yoshda otadan etim qolganman. Otasiz qancha qiyinchilikni ko‘rib ulg‘ayganim faqat o‘zimga ayon va doim niyat qilardimki, farzandlarimni hech qachon yolg‘iz qoldirmayman deb. Hayotda biz o‘ylamagan va bizga tegishli bo‘lmagan narsalar ko‘p bo‘lar ekan. Haligacha dadam bilan kulishib nonushta qilgan baxtli damlarimni ko‘z oldimga keltiraman va farzandlarim bilan ham shunaqa samimiy munosabat o‘rnataman, derdim. Nimaga biz bolalarimizni to‘liq oila mehrini his qilishidan mahrum qildik? Meni birga yashashni xohlamaydi, deb o‘ylaysizmi? Farzandlarimni qanchalik yaxshi ko‘rishim faqat o‘zimga ayon. Men ularning ham otasiz katta bo‘lishini umuman istamaganman. Hatto xayolimga ham keltirmaganman. Oilani saqlab qolish faqat erkak kishining qo‘lida bo‘lganida men bor-yo‘g‘imdan voz kechib bo‘lsa ham oilamni saqlab qolardim. Bunaqa gaplar bo‘lishini oila qurishdan oldin ham sezganman, lekin men shu insonni baxtli qilish uchun hamma narsaga tayyor edim. Bunaqa yo‘qotishlarni bilib turib ham qanaqa kurashmasligim mumkin? Boshida men shunchaki taqdir ekan, deb ketganim yo‘q, haqiqiy erkak qilishi kerak bo‘lgan ishlarni qildim, ammo natija men kutganchalik bo‘lmadi. Boshimga tushganini men hatto dushmanimga ham ravo ko‘rmayman…

Menga oxirgi vaqtlarda shu savol juda ko‘p berilyapti. Ajrashishimizga jiddiy sabablar bo‘lganki, biz shu taqdirni tanladik. Shaxsiy hayotda, aslida, nima bo‘lganini aytganimdek, faqat o‘zimiz bilamiz. «Nimaga oiladagi tushunmovchiliklarga ko‘z yummadingiz?» deyishadi. Nega ko‘z yumish kerak? Me’yordan oshib ketganda ham jim qarab turish kerakmi? Men, Yaratganga shukr, musulmon oilada katta bo‘lganman va bizning oilada erkak kishi hukmron bo‘lgan, ayol emas! Har bir buyuk erkakning ortida oqila va dono ayol turgan bo‘ladi, ayyori emas.”




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 193
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 76
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 80
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 172
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • So'nggi yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 17
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 46
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 28
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 60
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 192
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 88
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 48
  • Bo‘limlar