“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 15:35
ЎЗO‘Z

Shoir Ahad Qayum Sherali Jo‘raevni g‘iybat qilganlarga atab she’r yozdi

01 iyul, 16:12 13 565 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shoir Ahad Qayum Sherali Jo‘raevni g‘iybat qilganlarga atab she’r yozdi Avvalroq, shoir Ahad Qayum muxlislar talablariga binoan Ahmadboyga atab she’r yozgani haqida xabar bergan edik. Shoir bu gal O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘raevga atab she’r yozdi.

Shoir o‘zbek milliy san’atining darg‘alaridan bo‘lgan Sherali Jo‘raev ijodi haqida so‘z ochar ekan, kechagina chiqqan “yulduzcha”lardan tortib, taniqli san’atkorlarni ham Sherali Jo‘raevning ortidan bo‘hton qilmaslikka undaydi. Ushbu she’rni Jo‘raevning to‘ng‘ich o‘g‘li Shohjahon Jo‘raev Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga joylashtirdi.

Birorta ustozning qo‘lin tutmagan,
Umrida bir bora jonli aytmagan.
Ovozi birorta tonda turmagan,
Sheralini g‘iybat qilmasin.

“Birinchi muhabbat” deya oqqanlar,
“Gulbadan”dan dilga olov yoqqanlar.
“O‘zbegim”ni aytib bola boqqanlar,
Sheralini g‘iybat qilmasin.

Hasaddan tunlari uyqusi kelmay,
San’at devoriga bitta g‘isht qo‘ymay.
O‘zining otasin kimligin bilmay,
Sheralini g‘iybat qilmasin.

Bugun uni hech kim bilmagan bo‘lsa,
Ovozidan ko‘ngli to‘lmagan bo‘lsa.
Umrida omadi kelmagan bo‘lsa,
Sheralini g‘iybat qilmasin.

Bir paytlar qo‘shig‘in tinglab yig‘lagan,
Suratin qo‘yniga solib uxlagan.
Nega muxlisbo‘lib nomin bulg‘agan?
Sheralini g‘iybat qilmasin.

Mayli, tan olmagin Ahad Qayumni,
Olloh o‘zi berar so‘nggi hukmni.
Nafratiga uchrab ona xalqimni,
Sheralini g‘iybat qilmasin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 3
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 45
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 586
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 347
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 495
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 34
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 0
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 0
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 3
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 18
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 10
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 39
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 44
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 40
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 54
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 55
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 34
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 260
  • Bo‘limlar