“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 04:30
ЎЗO‘Z

Obid Asomov taniqli xonandalardan biri avtohalokatga uchrab, og‘ir ahvolda yotganini xabar qildi

30 iyun, 12:19 15 899 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Obid Asomov taniqli xonandalardan biri avtohalokatga uchrab, og‘ir ahvolda yotganini xabar qildi Bugun, 30 iyun kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga vodiylik xonanda Ahror Usmonovning suratini joylashtirib, uning ahvoli og‘ir ekanini aytib, muxlislariga yuzlandi., deb yozmoqda "Qalampir.uz" sayti.

“Inson ertaga nima bo‘lishini bilmaydi. Bandamiz, taqdirimiz Yaratganning qo‘lida. Ajoyib ovoz sohibi, zo‘r qo‘chiqchi, yaxshi ukam Ahror Usmonov mana, bir haftadirki, avtohalokatga uchrab, juda og‘ir ahvolda yotibdi. Duo bilan el ko‘karadi. Muxlislarimizdan iltimos, shundoq aziz kunlarda shu yigitning haqiga duo qilinglar Bolalarining baxtiga, o‘zbek san’atining baxtiga sog‘ayib ketsin!”, deb yozadi Asomov.

Ma’lum bo‘lishicha, Ahror Usmonov ayni damda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazida yotibdi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Obid Asomovning yozganlariga nisbatan o‘z munosabatini bildarar ekan, har kuni falonchining tug‘ilgan kuni yoki konserti deb suratini reklama qiladiganlar Obid Asomovdan o‘rnak olib, boshiga kulfat tushganda, qo‘llab-quvvatlashni o‘rganishi kerakligini aytishmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Ahror Usmonov hamkasbi Alijon Isoqovga tegishli Toyota Land Cruiser Prado avtomobilida halokatga uchragan. O‘sha vaqtda avtomobilni Usmonovning turmush o‘rtog‘i boshqarayotgan bo‘lgan. Mashinada Alijon Isoqov, Ahror Usmonov va uning turmush o‘rtog‘idan tashqari, Usmonovning uch qizi va shogirdi ham bo‘lgan.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Ahror Usmonov va uning oila a’zolariga mustahkam sog‘lik tilab qolamiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Misrlik muhojir Rami Malek qanday qilib Gollivudni zabt etdi? 16 мая, 22:53 131
  • Shavkat Mirziyoyev: Tariximizni dunyoga kino yordamida tanitishimiz kerak 16 мая, 22:12 64
  • O‘zbekiston tarixiy suratlari to‘plami YUNESKO «Jahon xotirasi» ro‘yxatiga kiritildi 11 мая, 21:50 73
  • Jahongir Otajonov “Kachayte” atrofidagi tanqidlar va Ozoda bilan munosabati haqida gapirdi 10 мая, 16:20 589
  • Dunyoni kezish istagini uyg‘otadigan, sayohatga ilhomlantiruvchi 5 ta film 10 мая, 12:47 94
  • Onasiz ulg‘aygan, uchuvchi bo‘lishni orzu qilgan va qamalib chiqqan Ozodbek Nazarbekov 50 yoshga to‘ldi 09 мая, 17:47 1 030
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 64
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 19
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 18
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 20
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 119
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 77
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 48
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 46
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 27
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 350
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 92
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 112
  • Bo‘limlar