5 iyun kuni xonanda Shohruhxonga turmushga chiqqan aktrisa Asal Shodieva to‘yidan keyingi o‘zining ilk suratini Instagramdagi sahifasiga joyladi. Bu haqda "Darakchi.uz" xabar bermoqda.
Mazkur suratga izoh tarzida aktrisa familiyasining o‘zgarganini ta’kidlab o‘tdi. Aktrisa o‘zining qizlik familiyasi Shodieva yoniga qavs ichida Shohruhxonning familiyasi Yo‘ldoshevani ham qo‘shib qo‘ydi.