“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 16:46
ЎЗO‘Z

Sherzod Bin va Sitora Olimjonova turmush quradi?!

06 iyun, 14:27 19 548 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sherzod Bin va Sitora Olimjonova turmush quradi?! “Nihol” mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigora Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifalariga aktyor Sherzod Bin (Saydialiev) va aktrisa Sitora Olimjonovaning birgalikda tushgan suratini joylashtirganlaridan so‘ng, shou-biznesda yangi “yulduzli oila” qurilayotgani haqida gap-so‘zlar bolaladi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjeri orqali tarqalishga ulgurgan bu suratda Sherzod kuyovlarga xos kiyinib olgan, Sitora esa oppoq libosda, qo‘lida gul bilan jilmayib turibdi. Suratni ko‘rganlarning ko‘pchiligi Sherzod va Sitorani bir-biriga mos juftlik sifatida e’tirof etishmoqda. Biroq shu kungacha ular bu suratlarga izoh bermay kelishayotgan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Sherzod Bin (Saydialiev) va Sitora Olimjonova er-xotin obrazida “Nihol” mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigoraning yangi “Oppog‘oy” nomli qo‘shig‘iga ishlangan videoklipda gavdalanishadi. Bu haqda Oybek Alimov tahririyatimizga ma’lum qildi.

“Ushbu qo‘shiq ijodimizda butkul yangi davrni boshlab beradi deb bemalol ayta olaman. Shu davrgacha suratga oldirgan kliplarimiz orasida shunisi eng yoqqani bo‘ldi. Sherzod va Sitora haqiqatan ham bir-biriga juda mos juftlik ekan”, deydi Oybek Alimov.

“Sog‘lom ona va sog‘lom bola” yiliga atalgan mazkur videoklipni klipmeyker Yoxan suratga oldi. Klip g‘oyasi esa Sherzod Bin (Saydialiev)ga tegishli.

Tez kunda klipni saytimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Darvoqe, mazkur Oybek va Nigoraning “Oppog‘oy” nomli qo‘shig‘iga ishlangan klip Sherzod va Sitora o‘rtasida gap-so‘zlarga sabab bo‘lgan munosabatlarni haqiqatga aylantirsa, ajab emas.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 113
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 211
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 80
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 82
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 45
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 84
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 69
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 363
  • Bo‘limlar