Tahririyatga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini Dildora deya tanishtirgan muxlisa xonanda Ulug‘bek Rahmatullaevning telefon raqamini so‘raydi. Tahririyat xodimlari san’atkorlarning shaxsiy ma’lumotlarini berolmasliklarini aytganida, u o‘zini suvga tashlamoqchiligini aytadi.
Bu haqda diydoraziz.uz nashriga asoslanib Kun.uz
yozmoqda.
Xonanda Ulug‘bek Rahmatullaev bilan bog‘langan tahririyat xodimlari ushbu holat yuzasidan izoh so‘raydi.
Ulug‘bek Rahmatullaev: — Bunday holatlar juda ko‘p bo‘ladi, hozirda parvo ham qilmayman. Boshida nima qilishimni bilmay qolganman. To‘g‘ri, meni yaxshi ko‘rishlari, ardoqlashlaridan minnatdorman. Lekin men bilan gaplashmasa, o‘zini o‘ldiradigan inson qanaqa bo‘lishi mumkin?! Ota-onasini o‘ylamaydimi, bunday insonlarga ishonmayman, qolaversa, bu gaplari yolg‘on. Men hayotga real qaraydigan va o‘zini, birovni hurmat qiladigan insonlarni yaxshi ko‘raman hamda do‘stlashaman. Muxlislarim ham ana shunday bo‘lishini istayman.