“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 07:43
ЎЗO‘Z

Billboard Music Awards anjumanida Adel bosh sovrin sohibasi bo‘ldi

23 мая, 12:01 7 759 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Billboard Music Awards anjumanida Adel bosh sovrin sohibasi bo‘ldi Britaniyalik qo‘shiqchi Adel Billboard Music Awards musiqiy mukofot topshirish marosimida bosh sovrin - "Yilning eng yaxshi artisti" uchun mukofotni qo‘lga kiritdi. 24-marta o‘tkazilgan nufuzli mukofotni topshirish marosimi 22 may kuni Las-Vegasda (Nevada shtati) bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Kun.uz" xabar berdi.

Gastrol safarlari sabab mazkur marosimda ishtirok eta olmagan Adelning sakkizta mukofotga nomzodi qo‘yilgan. Adel shulardan beshtasini qo‘lga kiritdi, u "Eng yaxshi ayol qo‘shiqchi" va "Billboard 200 chartining eng yaxshi albomi" yo‘nalishida ham g‘olib bo‘ldi. "Billboard 200 chartining eng yaxshi albomi" mukofoti britaniyalik qo‘shiqchining o‘tgan yili eng ko‘p sotilgan "25" plastinkasi uchun berildi.

Nomzodlar soni bo‘yicha The Weeknd (Kanada) rekord natija qayd etdi, mukofotni qo‘lga kiritganlar orasida ham uning o‘zi birinchilikni qo‘lga kiritdi. U 19ta yo‘nalishdagi mukofotdan sakkiztasiga sazovor bo‘ldi.

"Eng yaxshi erkak qo‘shiqchi" yo‘nalishida kanadalik Jastin Biber g‘olib bo‘lib, u o‘z vatandoshi Dreyk, Ed Shiran, Fetti Vapani ortda qoldirdi. Fetti Vapa "Eng yaxshi yangi artist" yo‘nalishida g‘alaba qozondi. Yosh yulduz Teylor Svift uchun esa bu marosim kutilganidek natija bermadi, u sakkizta nomzodi qo‘yilgan yo‘nalishdan faqat bittasidagina etakchilik qilib, "Eng yaxshi gastrol safarlari uchun" sovriniga ega bo‘ldi.

"Eng yaxshi duet yoki guruh" yo‘nalishida esa mukofot Britaniyaning One Direction jamoasiga topshirildi. "Eng yaxshi rok qo‘shiqchi" yo‘nalishida birinchilik "Twenty One Pilots"ga nasib etdi, ularning Blurryface plastinkasi "Yilning eng yaxshi rok albomi" bo‘ldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 104
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 205
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 77
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 81
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 1
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 78
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 87
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 35
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 32
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 99
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar