Xonanda Shohruxxon aprel oyida Instagram’da paydo bo‘lgan va ko‘pchilik tomonidan Asal Shodieva bilan birga tashkil etilgan to‘y fotosessiyasi deb baholangan suratlar yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda «Bekajon» gazetasiga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
— Instagram’dagi shov-shuvli fotosessiyani ko‘rib, «Shohruxxon va Asal Shodieva yana birga ekan», deyish mumkinmi? Bu qanchalik haqiqatga yaqin? — Nazarimda, oilaviy hayotda bo‘layotgan voqealar sirligicha qolgani yaxshi. Ular ommaga havola qilinmaydi.
— Shunday deysizu, Asal Shodieva bilan munosabatlaringiz bir ovoza bo‘ldi-yu, keyin ajralib ketdingiz. Hatto to‘y taraddudiga ham hozirlik ko‘rgandingiz. O‘zi nima uchun shunday bo‘lgan edi? — Muxlislar vaqti kelsa hamma narsani bilib olishadi. Shaxsiy munosabatlar esa sirligicha qolgani yaxshi. Har bir insonning oilasi qanchalik maxfiy bo‘lsa, u shunchalik mustahkam bo‘ladi.
— Hech bo‘lmasa, ayting, bu yil bo‘ydoqlar safidan chiqasizmi o‘zi? — Albatta, yoshim ham 30 ga to‘lib qoldi. Jadallashtirishga harakat qilaman.