“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 16:59
ЎЗO‘Z

Adiz Rajabov: Shunchaki shahzoda emas, hasadgo‘y vazir rolini o‘ynagim keladi

02 мая, 12:37 8 393 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Adiz Rajabov: Shunchaki shahzoda emas, hasadgo‘y vazir rolini o‘ynagim keladi Taniqli kinoaktyor Adiz Rajabov intervyu berishdan o‘zini olib qochadigan, o‘zi va hayoti haqidagi ma’lumotlarni ommadan sir saqlaydigan san’atkorlardan. U rejissyor Sanjar Shodievning «Seni o‘zim boy qilaman» nomli filmida suratga tushdi. Film premerasi arafasida jurnalist Feruz Muhammad aktyor bilan suhbatda bo‘ldi, deb yozmoqda "Daryo" nashri.

— Nima sababdan deyarli intervyu bermaysiz?
— Ijodda qandaydir yangilik bo‘lsa, intervyu berasiz-da. Har doim bitta gapni takrorlayverish ham yaxshi emas. Har bir aytilayotgan, yozilayotgan so‘zning mas’uliyati bor axir.

Jurnalistlardan, muxlislardan yashirib yuradigan siringiz, muammolaringiz yo‘q, shundaymi?
— Shunday, qanday muammo bo‘lishi mumkin?!

Ijodiy tanaffusdan so‘ng aynan «Seni o‘zim boy qilaman» filmida rol ijro etishingizga nima sabab bo‘ldi?
— Bu film mavzusi bugungi kunda suratga olinayotgan kinolardan oz bo‘lsa-da farq qilgani uchun, Sanjar Shodievning taklifiga rozi bo‘lganman. Bu mavzuda ko‘pdan beri film suratga olinmagani, g‘oyasi qiziqligi va nisbatan boshqachaligi meni o‘ziga tortgan. Filmda shou-biznes olamidagi bosh qahramonning do‘sti rolini ijro etganman.

Gap-so‘zlarga ko‘ra, Adiz Rajabov gonorarni katta so‘rashi sabab, filmlarda suratga tushmayapti. Bu fikrlarda jon bormi?
— Bunga bir tomonlama qarab bo‘lmaydi. Ba’zida ssenariy ma’qul bo‘lmaydi, ammo ular gonorarni yaxshi to‘laymiz, deyishadi. Biroq men bu vaziyatda rad javobini berishim mumkin. Sababi, hozir shunday vaqt keldiki, aktyorlar nima bo‘lganda ham rolim tarixda qolsin, yaxshi film sifatida yillar o‘tsa ham tomoshabinini yo‘qotmasin, deb harakat qilyapti. Tengdoshlarimiz qancha gonarar olsa, men ham o‘sha darajada. Filmlarda rol o‘ynamayotganimga gonorar miqdorining hech qanday daxli yo‘q.

Hozir Siz chin dildan gavdalantirishni xohlayotgan rol, kutayotgan film qaysi?
— Men kutayotgan ikki yo‘nalish bor. Birinchisi, odamlar mazza qilib kulib tomosha qiladigan komediya bo‘lsa deyman. Ikkinchisi, tarixiy film. Tarixiy filmda rol o‘ynash ko‘pchilik aktyorlarning orzusi bo‘lsa kerak. Viloyatlardagi tadbirlarga borganimizda muxlislarning qachon tarixiy film olinadi, degan savollari ham shu fikrga kelishimga sabab bo‘ldi.

O‘zingizni qaysi tarixiy obrazda ko‘ra olasiz?
— Aniq bir tarixiy shaxsni ayta olmayman, chunki buni rejissyorning o‘zi hal qiladi. Ya’ni, u shaxsning tarixda tutgan o‘rni qanday, men uning qiyofasi, yuz tuzilishi, bo‘yi-bastiga to‘g‘ri kelamanmi-yo‘qmi, shu kabi jihatlar bor. Birorta ertak-film bo‘ladimi yoki tarixiy filmmi, buning ahamiyati yo‘q. Muhimi, filmda xarakterli ijrolar bo‘lsa deyman. Shunchaki shahzodalarning rolini ijro qilishning menga qizig‘i yo‘q. Hasadgo‘y vazirmi, xullas, shunga o‘xshash, muhimi — xarakterli, qiziq rol bo‘lishi kerak.

Rejissyor Rustam Sa’dievning «Er bermoq jon bermoq — 2» filmida ham bosh rolni o‘ynayotgan ekansiz?
— Bu film haqida hali aniq gap ayta olmayman, kinosinov endi yakuniga etdi, javoblari esa hali chiqqani yo‘q. Nasib qilgan bo‘lsa, bu filmda albatta suratga tushaman.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 36
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 200
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 76
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 80
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 44
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 173
  • So'nggi yangiliklar
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 2
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 75
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 138
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 42
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 26
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 36
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 15
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 78
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 130
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 253
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 94
  • Bo‘limlar