“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 09:00
ЎЗO‘Z

Los-Anjelesda 22 fevral kuni 87-“Oskar” taqdimoti marosimi bo‘lib o‘tadi

22 fev, 16:04 8 202 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Los-Anjelesda 22 fevral kuni 87-“Oskar” taqdimoti marosimi bo‘lib o‘tadi AQShning Los-Anjeles shahrida 22 fevral kuni an’anaviy tarzda AQSh Kinematografiya san’ati akademiyasi tomonidan uyushtiriladigan “Oskar” mukofoti taqdimot marosimi 87-marta o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, joriy yilda mukofotga qo‘yilgan filmlarning saviyasi ancha baland, biroq ular orasida haqiqiy kinematografik durdona asarlar yo‘q.

“Oskar”da asosan ingliz tilida olingan tijoriy filmlarga katta ustunlik berilishini unutmaslik kerak”, – deydi gollivudlik mustaqil tanqidchi Sem Beyker.

2014 yilda “Yilning eng yaxshi filmi” mukofoti uchun dastlab 520 filmi nomzodi ko‘rsatilgan edi. Ulardan 8tasi yakuniy da’vogarlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Mutaxassislarning fikricha, bu mukofotni qo‘lga kiritishda favoritlar orasida 1-o‘ringa meksikalik rejissyor Alexandro Gonsales Inyarrituning “Byordmen”, 2-o‘ringa Richard Linkleyterning “O‘smirlik”, 3-o‘ringa amerikalik rejissyor Ues Andersonning “Grand Budapesht” mehmonxonasi” va mashhur aktyor va rejissyor Klint Istvudning “Snayper” filmlari qo‘yilgan.

Shuningdek, bu yo‘nalishdagi mukofotga nomzodlar orasida “Stiven Xoking koinoti”, “Selma”, “Savdoyilik” filmlari ham bor.

Alexandro Gonsales Inyarritu va Richard Linkleyter “Eng yaxshi rejissyor” yo‘nalishida mukofotni qo‘lga kiritishga asosiy da’vogarlardan hisoblanmoqda.

“Eng yaxshi aktrisa” yo‘nalishida mukofotni olishda “Hamon o‘sha Elis” filmida bosh rolni ijro etgan aktrisa Juliana Mur, “Eng yaxshi aktyor” yo‘nalishida mukofotni olishda “Imitasiya o‘ynash” filmida bosh rolni ijro etgan britaniyalik aktyor Benedikt Kamberbetch va “Byordmen” filmida bosh rolni ijro etgan amerikalik aktyor Maykl Kiton asosiy da’vogarlardan hisoblanmoqdalar.

Ma’lumot uchun, mukofotlar AQSh Kinematografiya san’ati akademiyasining 6292 a’zosi orasida ovoz berish natijalariga ko‘ra taqdim qilinadi. Ovozlar hisobi yashirin tarzda olib boriladi, lauretlarning nomlaridan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash huquqi berilgan PricewaterhouseCoopers auditor kompaniyasining faqatgina ikkita xodimigagina xabardor bo‘ladilar. Aynan shu xodimlar taqdirlash marosimida sahnaga natijalar yozilgan konvertni olib chiqadilar.

Taqdirlash marosimi 2002 yildan beri Dolby teatrida o‘tkazilib kelinmoqda. Marosim mahalliy vaqt bilan 17:30 da (Toshkent vaqti bilan 23 fevral soat 06:30da) boshlanadi.

Marosimda amerikalik aktyor Nil Patrik Xarris boshlovchilik qiladi.

Manba: www.kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 72
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 74
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 43
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 170
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 65
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 49
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 1
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 236
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Bo‘limlar