“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 17:11
ЎЗO‘Z

Aktrisa Dilnoza Kubaeva Toshkent shahridagi Inha universiteti mehmoni bo‘ldi

23 apr, 14:32 10 419 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aktrisa Dilnoza Kubaeva Toshkent shahridagi Inha universiteti mehmoni bo‘ldi “Shuhrat” medali hamda “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni egasi, O‘zbek Milliy akademik drama teatri artisti, taniqli kinoaktrisa Dilnoza Kubaeva - Toshkent shahridagi Inha universiteti mehmoni bo‘ldi. Bu haqda "Darakchi.uz" xabar berdi.

Mehmon uchun eng avvalo universitetda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda bu erda ta’lim olayotgan talabalar hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida ekskursiya uyushtirildi. Kubaeva zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan auditoriyalar, tajribalar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan fizika laboratoriyalari, kutubxona hamda “Madaniyat va ma’rifat” xonasi bilan tanishdi. Shundan so‘ng talabalar bilan “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Qayd etish joizki, uchrashuv ikki tomonlama iliq munosabat asosida o‘tdi. Eng avval talabalar o‘zlari tayyorlagan taqdimotni namoyish etishdi. Shundan so‘ng so‘z Dilnoza Kubaevaga berildi va u o‘z hayotiy tajribasidan, ustozlarining o‘gitidan kelib chiqqan holda ma’ruza qildi. Uchrashuv ochiq muloqat tarzida o‘tdi. Talabalar aktrisaga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va ularga Dilnoza Kubaeva tomonidan batafsil javob olishdi.

Dilnoza Kubaeva ham mana shunday muhtasham binoda, nufuzli universitetda ta’lim olayotgan yigit-qizlarga havasi kelayotganini, davlatimiz rahbari tomonidan yaratilgan bunday imkoniyatdan unumli foydalanib, ishonchni oqlashlari lozimligini aytib, ularning o‘qishlariga omad tiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 72
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 39
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 165
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 64
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 48
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Bo‘limlar