“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 16:58
ЎЗO‘Z

Kaniza Ozodbek Nazarbekov, Rayhon va Munisa Rizaevalarni o‘g‘irlikda aybladi

21 apr, 11:26 10 935 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kaniza Ozodbek Nazarbekov, Rayhon va Munisa Rizaevalarni o‘g‘irlikda aybladi Kuni kecha xonanda Kaniza 28 aprel kuni “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan konserti va nikoh to‘yi oldidan matbuot anjumani o‘tkazdi, deb xabar beradi "Darakchi" nashri.

Tadbir davomida xonanda tomonidan qiziqarli savollarga javoblar va xonanda tomonidan avval aytilmagan faktlar havola etildi.

Xususan Kaniza hamkasblari O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anieva, xonanda Munisa Rizaeva hamda “Benom” guruhlariga o‘z e’tirozlarni bildirib o‘tdi.

Xonanda tomonidan keltirib o‘tilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yuqorida nomlari keltirib o‘tilgan xonandalar Kanizaning ijodidan o‘g‘irlashgan. Xususan Munisa Rizaeva xonandaning “Ammasi xolasi” taronasidagi kavushlar kiyish g‘oyasini, Rayhon esa “G‘aribim, tabibim” so‘zlari bilan qo‘shiq kuylaganligini, Ozodbek Nazarbekov esa etim farzand nolasi kabi qo‘shiq mavzusini o‘g‘irlaganligini, “Benom” guruhi ham “Xolasi-ammasi” qo‘shig‘i musiqasi yo‘nalishi, klipi ijodiy jarayonlaridagi o‘g‘irligini ma’lum qildi.

Kaniza taronalari yuqoridagi ijodkorlar tomonidan so‘zma so‘z yoki musiqa tomonidan aynan o‘g‘irlanmagan bo‘lsada, g‘oya, yo‘nalish, mavzu tomonidan bir xil ekanligini iddao qilmoqda.

Kaniza yuqorida nomlari keltirilgan ijodkorlarga o‘zlari mukammal ijod qilishlarini, uning qo‘shiqlari, yo‘nalishlari va u topgan mavzulardan o‘g‘irlamasliklarini, bu narsa uning hiqildog‘iga kelganini aytib o‘tdi.

Matbuot anjumani davomida Kanizaning taronalari va yuqorida nomi keltirilgan Ozodbek Nazarbekovning ijodiga kiritilgan, ammo Kanizada bir necha oy oldin yaratib bo‘lingan “Etim bola nolasi” taronasini ijro etdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 46
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 588
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 347
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 498
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 34
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 23
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 59
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 73
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 70
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 80
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 41
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 286
  • Bo‘limlar