“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 18:14
ЎЗO‘Z

Denovdagi portlashdan zarar ko‘rgan ob’ektlar soni oshkor qilindi

08 dek, 21:30 3 106 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Denovdagi portlashdan zarar ko‘rgan ob’ektlar soni oshkor qilindi Surxondaryo viloyatining Denov shahridagi savdo markazi portlashidan jabrlangan 6 ta xonadon vakillariga vaqtincha yashab turish uchun uy berilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Denov shahrida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrullo Inoyatov, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Masaliyev, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i O‘lmas Muzaffarov ishtirokidagi matbuot brifingida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, voqea sodir bo‘lgach, Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan «Qishloqqurilishinvest» buyurtmasi asosida qurilgan 24 ta yangi xonadon vaqtincha ijaraga olinib, jabrlanganlarni ko‘chirish tayyorgarligi ko‘rilgan.

Tadbirda so‘z olgan «Daryo» muxbiri brifingda chiqish qilgan mas’ullarga yuzlanib, portlash oqibatida nechta xonadonga zarar yetgani va portlashning hududdagi binolarga zarari bilan qiziqqan.

«Biz ‘Qishloqqurilishinvest’ buyurtmasi asosida qurilgan 24 ta yangi xonadonni vaqtincha ijaraga olib, jabrlanganlarni ko‘chirishga tayyorgarlik ko‘rganmiz. Hozir paytda qurilishni nazorat qiluvchi inspeksiya xulosasiga ko‘ra, yashash uchun xavfli deb topilgan 7 ta xonadon vakillarini yangi uylarga ko‘chirdik. Qolgan uylarning deraza va eshik romlari ta’mirini amalga oshiryapmiz», — dedi viloyat hokimi To‘ra Bobolov.

Viloyat hokimining qo‘shimcha qilishicha, savdo markazi yon-atrofida joylashgan va portlashdan jabrlangan boshqa xonadon vakillari hozircha ko‘chishga hojat yo‘qligini bildirgan.

«Derazasi va eshik romlari singan, xonadoni zarar ko‘rgan boshqa fuqarolar hozircha ko‘chishga hojat yo‘qligini aytishgani uchun ishchi guruh xulosasi bilan ularning uyida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Xonadonlar ta’mirlanmoqda», — dedi viloyat hokimi.

To‘ra Bobolovning qo‘shimcha qilishicha, ishchi guruh vakillari vaziyatni o‘rganish davomida fuqarolarning fikr va takliflarini tinglab, mas’ullarga yetkazmoqda.

«Hozir o‘rganish ketyapti. Fuqarolar fikrlarini o‘rganyapmiz. Kimdir uyini ta’mirlash yetarli ekanini aytsa, yana kimdir yangi uy olib berilishini so‘rayapti. Biz vaziyatni o‘rganyapmiz. Ishchi guruh xulosasiga ko‘ra, fuqarolar uchun qulay bo‘lgan adolatli qarorga kelinadi», — dedi To‘ra Bobolov.

Viloyat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, portlash oqibatida hududdagi 65 ta xonadonga, bir nechta ijtimoiy soha ob’ektlariga zarar yetgan. 6 ta xonadon devorlari yorilib, katta zarar ko‘rgan bo‘lsa, qolgan xonadonlarning eshik va deraza romlari singan.

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoning Denov shahri markazidagi «Indenim» savdo majmuasida 7 dekabr tongida kuchli portlash yuz berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

FVV Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i O‘lmas Muzaffarovning ta’kidlashicha, savdo majmuasida gaz asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida to‘plangan gaz-havo aralashmasining chaqnashi portlashning asosiy sababi hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 44
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 38
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 29
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 121
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 87
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 20
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • Bo‘limlar