“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 05:08
ЎЗO‘Z

«O‘zimga ham ‘krutoy bo‘lib ketibsanmi?’ deb yozganlar bo‘ldi» — Rasul Kusherbayev

03 dek, 23:06 2 865 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘zimga ham ‘krutoy bo‘lib ketibsanmi?’ deb yozganlar bo‘ldi» — Rasul Kusherbayev Kadr: Videodan skrinshot
Deputat Rasul Kusherbayev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 3 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida qora ko‘zoynak taqqan holda qatnashdi. Palata tarixida ilk bor onlayn efirda namoyish etilgan majlisdagi ushbu holatga ko‘pchilik e’tibor qaratdi. Deputatning o‘zi «Daryo» muxbiri bilan suhbatda shu masalada unga o‘zining yaqinlari ham juda ko‘p yozganini bildirdi.

Rasul Kusherbayevning ma’lum qilishicha, u ko‘zida qizarish va shish borligi uchun majlisda qora ko‘zoynak taqib qatnashishga majbur bo‘lgan.

«Bir oycha avval ko‘zimga yara chiqqandi. Qizarish va shishlar bor. E’tibor bermay yurgandim. Hozir davolanyapman. Ko‘zoynakni ham bir haftadan buyon taqib yuribman. Uyda o‘tirib, dam olsam ham bo‘lardi. ‘Ko‘zi og‘rigani uchun ham yotib olibdi’, degan gaplar bo‘lmasin deb ishga chiqdim. Boz ustiga ish ham ko‘p», — dedi deputat.

«To‘g‘risi, o‘zimga ham ‘yig‘ilishda ham qora ko‘zoynak taqib o‘tiribsizmi?’, ‘bu hurmatsizlik hisoblanmaydimi?’, ‘krutoy bo‘lib ketibsanmi?’, deb yozganlar bo‘ldi. Yorug‘da ishlashga ozroq qiynaldim, shu bois ko‘zoynak taqishga majbur bo‘ldim. Bir-ikki kunda ko‘zoynakdan xalos bo‘laman», — deya qo‘shimcha qildi Rasul Kusherbayev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 46
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 62
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 124
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 330
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar