“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 01:01
ЎЗO‘Z

Qonun «Sovg‘a siyosati» degan alohida bob bilan to‘ldiriladi — Akmal Burxonov

03 dek, 19:30 2 547 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qonun «Sovg‘a siyosati» degan alohida bob bilan to‘ldiriladi — Akmal Burxonov Akmal Burxonov.
«O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi».

«Jinoyat kodeksi loyihasida «korrupsiyaga oid jinoyatlar» tushunchasiga aniq ta’rif berilmoqda va 15 turdagi jinoyatlar bu toifaga kiritilmoqda».

«Muhim o‘zgarish sifatida korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jazo choralari keskin kuchaytirilmoqda».

Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida bunday xushxabarlarni tez-tez eshitayapmiz. 9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish munosabati bilan yurtimizda «Aksilkorrupsiya haftaligi» o‘tkazilmoqda.

Mazkur haftalik doirasida bugun, 3 dekabr kuni «Korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlik bo‘yicha «Hillton» mehmonxonasida Toshkent forumi» bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ukraina, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Malayziya, Xitoy, Gurziya, Sloveniya korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idora rahbarlari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy ekspertlar, 100 dan ortiq vazirlik va idoralar ishtirok etdi.

— Endilikda, o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-torojlikka yo‘l qo‘yish yoki firibgarlik jinoyatlarini mansab mavqeini suiiste’mol qilish yoki xizmat mavqeidan foydalanib sodir etish qilmishlari uchun 10 yilgacha (ilgari 5 yilgacha) ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritilmoqda, —dedi O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov. — Shuningdek, pora olish, pora berish va pora olish-berishda vositachilik qilish jinoyatlari uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.

Akmal Burxonov jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob berish asnosida Toshkent shahar hokimligiga qora rangli Mercedes-Benz avtomobili sovg‘a qilingani tekshirib ko‘rilgani va hech qanday qonun buzilishi bo‘lmaganini ta’kidlab o‘tdi.

«Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonun loyihasida «sovg‘a» tushunchasiga aniqlik kiritilib, davlat xizmatchilari tomonidan sovg‘a olish va berish tartibini belgilovchi «Sovg‘a siyosati» deb nomlangan alohida bob bilan to‘ldiriladi.

Bundan tashqari, davlat organlarida korrupsiya holatlari va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida qonun bilan tartibga solinadigan Davlat xizmatchilarining odob-ahloq kodeksi ishlab chiqiladi va unda davlat xizmatchilari uchun cheklovlarning aniq ro‘yxati belgilanadi.

Tabiiyki jurnalistlarni, nima uchun doimo poraxo‘rlikda «mayda baliqchalar» ayblanishini «akulalar» esa ochiqlanmasligi, davlat xaridlari sohasidagi qonunbuzilishlar kabi savollar ham qiziqtirdi.

— Sardobadagi fojia va Jizzaxdagi qurilish bilan bog‘liq holatlarda viloyat darajasidagi rahbarlardan tortib, tuman darajasidagi rahbarlargacha javobgarlikka tortildi, — dedi A.Burxonov. — Agentlik tomonidan o‘tgan davr mobaynida davlat xaridlari sohasida 24 ta manzilli o‘rganishlar o‘tkazildi va doimiy masofaviy monitoringlar amalga oshirildi. O‘rganishlar yakuni bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini hal etish uchun huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jami 60 ga yaqin so‘rovnomalar kiritilgan bo‘lib, ushbu so‘rovnomalar bo‘yicha 44 ta jinoyat ishlari va 24 ta ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilishi ta’minlandi.

Tadbir doirasida nodavlat notijorat tashkilotlari va davlat organining o‘zaro hamkorligi natijasida ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan «Antikorrupsiya laboratoriyalari» loyihasi doirasida bajarilgan ishlar amaliy namuna sifatida taqdim etildi.

Yana O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan aksilkorrupsiyaviy islohotlarni xalqaro hamjamiyat vakillariga yetkazishga qaratilgan «Uzbekistan Anti-corruption digest» jurnalining ilk soni taqdimoti bo‘lib o‘tdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 36
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 47
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 0
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Bo‘limlar