“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:21
ЎЗO‘Z

Buxoroda besh farzandli ayol eri tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

02 dek, 18:29 3 422 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoroda besh farzandli ayol eri tomonidan pichoqlab o‘ldirildi Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanidagi «Zarangari» mahallasida yashovchi 5 nafar farzandning onasi o‘z turmush o‘rtog‘i tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. Bu haqda G‘ijduvon tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Abduhalil Nosirov xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, qotillik 27 noyabr kuni soat taxminan 11:00 larda sodir bo‘lgan. 45 yoshli fuqaro Z.R. turmush o‘rtog‘i V.R. bilan o‘zlari istiqomat qilib kelayotgan xonadonda uy-joy masalasi sabab janjallashib qolgan. Janjal vaqtida Z.R. ayolining ko‘krak qafasi yuqori qismiga oshxona pichog‘i bilan bir marotaba urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Sud tibbiy ekspertizasi ma’lumotiga ko‘ra, marhuma o‘tkir sanchib kesuvchi jism ta’sirida chap ko‘krak yuqori qismidan jarohat olib, o‘tkir ichki va tashqi qon ketishi oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Dastlabki so‘rovlarga ko‘ra, qariyb 25 yildan buyon turmush o‘rtog‘i bilan birga yashab kelayotgan Z.R. ayolini o‘ldirgach, ichki ishlar organlariga turli noto‘g‘ri vajlar bilan ko‘rsatma bera boshlagan. Hudud inspektori Dilshod Safarovning bildirishicha, surishtiruvlar jarayonida uning noo‘rin vajlari va yolg‘onlari oshkor bo‘lgan.

«Men yaqinda ushbu hududda inspektor sifatida ish faoliyatimni boshlaganman. Surishtiruvimcha, besh nafar farzand tashvishi va ro‘zg‘or qiyinchiliklarini zimmasiga olgan marhuma bir necha yil Rossiyada ishlab kelishga majbur bo‘lgan. Musofirchilik ortidan hovli-joyini qisman ta’mirlashga erishgan. Aybdor esa jinoyati yengillashtirilishiga umid bog‘lab, o‘z xotinini xorijga borib kelgan ko‘cha ayoli sifatida ayblashga urindi. Biroq qo‘ni-qo‘shni va mahalla-ko‘y buni to‘liq rad etdi va marhumaning mehnatkash va oriyatli ayol bo‘lganini isbotladi», — dedi Dilshod Safarov.

«Zarangari» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi G‘olib Hojiyev «Daryo»ga aybdor Z.R. 2016 yilda giyohvand vositalarini yetishtirish va uni sotish jinoyati bilan ayblanib, qamoq jazosini o‘tab chiqqanini bildirdi. Uning so‘ziga ko‘ra, aybdor gohi-gohida mardikorlik qilib, faqatgina o‘z qorni g‘ami bilan tirikchilik qilib kelgan, ro‘zg‘or tebratishda ham, 5 nafar farzandini tarbiyalashda ham o‘z ayoliga yordam bermagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 30
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 178
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 244
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar