“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 05:00
ЎЗO‘Z

«O‘zbekneftgaz» Ai-80 o‘rniga Ai-92 benzini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

02 dek, 18:00 2 155 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘zbekneftgaz» Ai-80 o‘rniga Ai-92 benzini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda «O‘zbekneftgaz» 2022 yildan boshlab Ai-80 benzinidan bosqichma-bosqich voz kechishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi. «O‘zbekneftgaz» matbuot xizmati Buxoro neftni qayta ishlash zavodida Ai-80 o‘rniga Ai-92 benzin ishlab chiqarishga o‘tish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Ushbu reja «Gazpromneft»ga qarashli «Gazpromneft — Industrial Innovations» kompaniyasi bilan muzokaralar chog‘ida muhokama qilingan. Uchrashuv «Markaziy Osiyoning neftni qayta ishlash va neft kimyosi — 2021» 8-xalqaro konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan.

Muloqot davomida tomonlar Rossiya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan aroforming texnologiyasidan foydalanish masalalarini muhokama qilgan. Aroforming yengil benzin fraksiyalarini katalizator yordamida metanol bilan reaksiyaga kirishtirib, yuqori oktanli benzin olish imkonini beradi.

Spot’ning qayd etishicha, mazkur texnologiya yordamida Buxoro neftni qayta ishlash zavodida yuqori oktanli yoqilg‘i, xususan, Ai-92 benzin ishlab chiqarish kengaytiriladi. Bu Ai-80 benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechish imkonini beradi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha «O‘zbekneftgaz» Rossiya kompaniyasi bilan bir qator shartnomalar imzolagan. Jumladan, «Gazpromneft — Industrial Innovations» ilmiy-tadqiqot markazi texnologik jarayonni amalga oshirish uchun zarur ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi.

Shuningdek, Buxoro neftni qayta ishlash zavodida aroformlash qurilmasini yaratish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslash ham ko‘rib chiqiladi. Loyihaning taxminiy quvvati yiliga 20 ming tonna benzinni tashkil etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 46
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 62
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 61
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 123
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 329
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar