“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 02:05
ЎЗO‘Z

Qullik yo‘qolmagan, nomlari zamonaviylashgan xolos...

02 dek, 16:53 2 931 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qullik yo‘qolmagan, nomlari zamonaviylashgan xolos... Mahmud Eshonqulovning xalqaro tanlovda birinchi o‘rinni olgan karikaturasi
Qariyb 40,3 million kishi qullikning zamonaviy shakllari, jumladan, 24,9 million nafari majburiy mehnat va 15,4 million nafari majburiy nikoh qurbonlaridir.

Dunyodagi ming kishidan besh nafari zamonaviy qul savdogarlari qurboni. Jabrlanganlarning har to‘rtinchisi bolalar.

Majburiy mehnat qurbonlari bo‘lgan 24,9 million kishining 16 millioni xususiy sektorda uy yumushlari, qurilish yoki qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadi, 4,8 millioni jinsiy ekspluatatsiya qurboni va 4 millioni davlat organlari tomonidan ekspluatatsiya qilinadi.

Ayollar va qizlar jinsiy tijorat sanoatida jabrlanganlarning 99 foizini, norasmiy iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida esa 58 foizini tashkil qiladi...

Bugun, 2 dekabr — Xalqaro qullikka barham berish kuni sifatida nishonlanadi. Bundan 72 yil muqaddam, ya’ni 1949 yil 2 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Odam savdosi va uchinchi shaxslar tomonidan xotin-qizlarni fohishalikda foydalanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiya qabul qilingan edi. Ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 40 millionga yaqin zamonaviy qullikning turli shakllari va qurbonlari bor. Dunyoda har o‘ninchi bola, ya’ni jami 150 million bola majburiy mehnatga jalb qilingan. Ushbu kun inson savdosi, jinsiy ekspluatatsiya, bolalar mehnatining eng yomon shakllari, majburiy nikoh, kelin sotish va qurolli to‘qnashuvlarda foydalanish uchun bolalarni majburiy yollash kabi qullikning zamonaviy shakllarini yo‘q qilishga qaratilgan.

Qullik o‘tmishda qolib ketgan hodisa emas. Quldorlik asrlar davomida rivojlanib, turli ko‘rinishda namoyon bo‘lgan. Qadimgi an’anaviy quldorlik shakllarining ba’zilari haligacha o‘zining asl ko‘rinishida mavjud bo‘lsa, ba’zilari yangi shakllarni egallagan. Majburiy mehnat va qarz qulligi kabi majburiy mehnatning an’anaviy shakllariga qo‘shimcha ravishda, hozirgi vaqtda majburiy mehnatning quyidagi zamonaviy shakllari mavjudki, ular jahon iqtisodiyotida har qanday turdagi iqtisodiy ekspluatatsiya uchun sotilgan mehnat migrantlariga ta’sir qiladi. Ular uy ishlari, qurilish sohasida, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, tikuvchilik va qishloq xo‘jaligida ishlaydi.

Bolalar mehnatidan esa hozirgi vaqtda asosan iqtisodiy ekspluatatsiya qilish maqsadida foydalaniladi. Bu «Bolaning iqtisodiy ekspluatatsiyadan va uning sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan yoki ta’lim olishiga to‘sqinlik qiladigan, jismoniy holatiga zarar yetkazadigan har qanday ishni bajarishdan himoyalanish huquqini tan olgan «Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya»ga ziddir».

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi(4-modda)da «Hech kim qullikda yoki erksiz holatda saqlanishi mumkin emas; qullik va qul savdosining barcha ko‘rinishlari taqiqlanadi», deb belgilab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 30 iyul — Butunjahon odam savdosiga qarshi kurash kuni joriy yil Xalqaro mehnat va «Chegara bilmas inson resurslari» tashkilotlari xalqaro «Majburiy mehnatga qarshi kurashda qalaming qurol bo‘lsin!» shiori ostida o‘tkazilgan multfilmlar tanlovi g‘oliblarini e’lon qildi. Zamonaviy qullik muammosiga e’tibor qaratishga bag‘ishlangan xalqaro multfilmlar tanlovida birinchi o‘rinni olgan Portugaliya va Turkiya karikaturachilari orasida o‘zbekistonlik karikaturachi Mahmudjon Eshonqulov 65 davlatdagi rassomlar tomonidan taqdim etilgan 460 nafar rassom orasidan birinchi o‘rinni egallagandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 75
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 44
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 72
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar