“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:18
ЎЗO‘Z

Ijtimoiy tarmoqda shov-shuv ko‘targan voqea: O‘zMU talaba qizlari nega banner ko‘tarishdi?

29 noya, 14:43 2 930 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ijtimoiy tarmoqda shov-shuv ko‘targan voqea: O‘zMU talaba qizlari nega banner ko‘tarishdi? Foto: O‘zMU axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Milliy Universiteti qizlari universitet binosi oldida zo‘ravonlikka qarshi turli shiorlar yozilgan bannerlarni ko‘tarib turgan suratlar tarqaldi.

Bannerlarga «Ayolning o‘rni oshxonada emas», «Ayol ham shaxs» kabi so‘zlar yozilgan. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Kun.uz voqeaning batafsil bayonini beradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Milliy Universiteti talaba qizlari ekanligi aytilgan bir guruh qizlar universitet binosi oldida «miting» o‘tkazgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Turli telegram kanallari «Milliy Universitet qizlari milliylikka qarshi miting o‘tkazibdi», kabi xabarlar qoldirdi. Shuningdek, tarmoqlarda qizlarning «miting o‘tkazgani» iddao qilingan postlar ham joylandi.

Ayrim blogerlar qizlarning tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi haqida yozdi. Kun.uz voqeaga oydinlik kiritish maqsadida O‘zMU matbuot xizmati bilan bog‘landi.

«2021 yilning 24 noyabr kuni «Birgalikda zo‘ravonlikni yengamiz» xalqaro forumida Saida Mirziyoyeva, Tanzila Norboyeva va boshqa davlat faollari «Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol sa’y-harakatlar» kampaniyasining 25 noyabrda boshlanishi haqida ma’lumot berishdi.

Shu munosabat bilan 2021 yil 25 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti «Ijtimoiy ish» kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan «Zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz» shiori ostida tadbir o‘tkazildi
», — dedi axborot xizmati rahbari Sitora Nasrillayeva.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tarmoqda tarqalgan plakatlar ayni shu tadbirda talabalarga tarqatilgan.

«Tadbirda talabalar ishtirokida mavzuga oid fleshmoblar tashkillashtirildi, devoriy gazetalar, videoroliklar namoyish etildi, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning u yoki bu ko‘rinishi uchun qonunda belgilangan jazolar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, «Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q» rukni ostida plakatlar va tarqatma materiallar tayyorlandi va talabalarga tarqatildi», — dedi S.Nasrillayeva.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 27
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 113
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 46
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar