“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 05:12
ЎЗO‘Z

O‘zbekistondan Rossiyaga ishga borish uchun 5 ming kishi tanlab olindi

27 noya, 23:30 2 291 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistondan Rossiyaga ishga borish uchun 5 ming kishi tanlab olindi Bugunga qadar O‘zbekistondan Rossiyaga soddalashtirilgan tartib bo‘yicha ishga borish uchun 5 ming nafar quruvchi tanlab olindi, deb ma’lum qildi Rossiya qurilish vaziri o‘rinbosari Nikita Stasishin.

«Yaqin oylar ichida o‘n ming kishi kelishi kerak va besh ming kishi tanlab olingan. Dastlabki migrantlar patent olishiga besh kun qoldi. Ular nafaqat Moskva, balki “Vostochniy” kosmodromi, Tula, Kaluga va boshqa qator shaharlardagi qurilishlarda mehnat qiladi», — dedi u.

Stasishinning so‘zlariga ko‘ra, barcha keluvchilar «Sputnik Layt» vaksinasi bilan emlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil sentabr oyida RF Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi, qator davlat tashkilotlari va yirik ish beruvchi korxonalar vakillaridan iborat delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan muzokaralar o‘tkazilib, qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun o‘zbekistonlik o‘n ming fuqaroni soddalashtirilgan tartib asosida Rossiyaga ishga jalb qilishga kelishilgan edi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari Xayrulla Umarovning ma’lumot berishicha, Rossiyaga tashkiliy tarzda ishga jo‘natish loyihasi doirasida ishchilar O‘zbekiston hududida tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Shu maqsadda, rossiyalik 40 nafar tibbiyot xodimi zaruriy tibbiy anjomlar va asbob-uskunalar bilan O‘zbekistonga yetib kelgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 37
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 199
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 269
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar