“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 19:08
ЎЗO‘Z

Prezident saylovida ilk bor mahkumlar ham ovoz beradi

23 okt, 16:49 1 624 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident saylovida ilk bor mahkumlar ham ovoz beradi Foto: Sputnik
24 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida uncha og‘ir bo‘lmagan yoki ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etgan 8 203 nafar mahkum ham ovoz berish huquqiga ega.

Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov jazoni ijro etish muassasalarida saylov jarayoni qay tarzda tashkil etilishi haqida ma’lumot berdi.

Joriy yilgi prezident saylovida ilk bor uncha og‘ir bo‘lmagan yoki ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etgani uchun jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar ham qatnashadi. Xususan, bugun qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylovda ovoz berish huquqiga ega 8 203 nafar saylovchi (569 nafar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, 1 300 nafar uncha og‘ir bo‘lmagan, jami 1 869 nafar; 6 334 nafar tergov hibsxonalarida) ovoz berish huquqidan foydalanish imkoniyatiga ega.

Saylov qonunchiligiga ko‘ra, saylovga 60 kun qolganda qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylaridagi saylovchilarning ovoz berishi uchun tergov hibsxonalarida – 12 ta, jazoni ijro etish koloniyalarida – 4 ta va manzil-koloniyalarida – 2 ta, jami 18 ta saylov uchastkalari tashkil etildi. Mazkur saylov jarayonlarida nomzodlar, kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etish huquqiga ega va ular to‘siqsiz ichkariga qo‘yiladi
”, deydi Shohrux G‘iyosov.

IIV polkovnigi JIEM va tergov hisbxonalaridagi saylovchilarning ovoz berish huquqi to‘liq ta’minlanishini ta’kidladi. Uning aytishicha, hududiy saylov uchastkalari orqali saylovda ishtirok etadigan 1 660 nafar mahkumdan 1 274 nafari 23 ta manzil-koloniyadan transport orqali hududiy saylov uchastkalariga olib boriladi, 15 ta yopiq turdagi muassasalarda saqlanayotgan 386 nafar mahkumga esa saylov qutilari olib kelinadi.

Eslatib o‘tamiz 2019 yilning 4 sentabridan saylovlar to‘g‘risidagi qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq, mahkumlarga ham saylovlarda ishtirok etish huquqi berilgandi. 2019 yilgi parlament saylovlarida 3 619 nafar mahkum ovoz berish huquqidan foydalangan.

Avvalroq Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Saylov kodeksining 5-moddasiga ko‘ra sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgani uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etmasligi, saylov kuni 18 yoshga to‘lgan, qamoqda saqlash joylarida ushlab turilgan hamda qamoqqa olingan shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etgani uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar esa ovoz berish huquqiga egaligini aytgandi.

Ma’lumot uchun: Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar – qasddan sodir etilib, uch yildan ko‘p bo‘lmagan, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi.

Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar – qasddan, uch yildan ortiq, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 44
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 38
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 29
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 121
  • So'nggi yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 88
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Bo‘limlar