“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 21:58
ЎЗO‘Z

«Afg‘oniston muvaqqat hukumatini tan olish masalasi kun tartibimizda yo‘q» — tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari

23 okt, 14:50 1 588 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Afg‘oniston muvaqqat hukumatini tan olish masalasi kun tartibimizda yo‘q» — tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Foto: TIV axborot xizmati
Xalqaro media-hollda «Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatish, O‘zbekistonning pragmatik tashqi siyosati» mavzusida muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr bildirdi.

«Afg‘onistonning muvaqqat hukumatini tan olish masalasi bizda ko‘rib chiqilmayapti. Biz faqatgina Afg‘onistonga gumanitar yordam berish orqali inqirozning oldini olish va o‘zaro hamkorlikni tiklash masalalari bo‘yicha muzokaralar olib boryapmiz. Biz bu mamlakatda barcha xalqlar va millatlarning manfaatlari hisobga olingan holatda, demokratik tamoyillarga rioya qiladigan, qo‘shni davlatlarga tahdid solmaydigan yagona hukumat tuzilishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu Afg‘onistonning Markaziy Osiyo va xalqaro hamjamiyatga integratsiya bo‘lishida muhim omildir. Hozirda qo‘shni mamlakatlar bilan Afg‘onistonga qanday yordam ko‘rsatish bo‘yicha muzokaralar olib boryapmiz va bu dolzarb mintaqaviy masalalardan biri bo‘lib turibdi.

Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan o‘zaro bog‘liqlik masalalariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam, yaqinda Toshkentda ham shu mavzuda xalqaro konferensiya tashkil etildi, Pokiston bilan havo qatnovlari tiklandi, 20ta charter reyslar bilan 9 mingdan ortiq pokistonlik sayohatchilar O‘zbekistonga tashrif buyurishdi. O‘zaro bog‘liqlik muammolarini qadamma-qadam hal qilyapmiz
», dedi Furqat Siddiqov.

Avvalroq, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov toliblar hukumatini tan olish masalasi kun tartibida turgani, ammo ular Afg‘onistonda terrorizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi va’dalarini bajarishlari kerakligini aytgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 0
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 0
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 15
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 80
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 79
  • So'nggi yangiliklar
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 0
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 0
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 0
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 0
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 1
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 12
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 55
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 95
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 80
  • Bo‘limlar