“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 14:46
ЎЗO‘Z

30 ming dollarlik traktorning xotira qurilmasini o‘g‘irlagan shaxs topildi

18 okt, 07:00 1 665 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
30 ming dollarlik traktorning xotira qurilmasini o‘g‘irlagan shaxs topildi Foto: IIV
Shofirkon tumanida bahosi 30.000 AQSH dollar bo‘lgan yer tekislovchi texnikaning xotira qurilmasi o‘g‘irligi jinoyati fosh etildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar bergan.

Shofirkon tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2021 yilning 6 oktabr kuni soat 10:00 dan 11:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs, Shofirkon tumani Tezguzar mahallasida faoliyat olib boruvchi avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi ustaxona yonida qarovsiz qoldirilgan shu mahallada yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan Ya.M. tomonidan «ishonchnoma» asosida boshqarib kelinayotgan «VAZ-2106» rusumli avtomashinaning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan bahosi 30.000 AQSH dollar, O‘zbekiston Respublikasi so‘miga nisbatan qiymati 320.641.800 so‘mga teng bo‘lgan yer tekislovchi traktor texnikasining xotira qurilmasini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan kelib tushgan xabar asosida tuman Ichki ishlar bo‘limi tergov-tezkor guruhi tomonidan kechiktirib bo‘lmas tezkor surishtiruv hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida, ushbu jinoyatni Shofirkon tumani Tezguzar mahallasida istiqomat qiluvchi, jabrlanuvchining hamqishlog‘i 1971 yilda tug‘ilgan M.N. sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.

Hozirda, jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi M.N.ga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan holda, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 72
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 84
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 92
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 60
  • Bo‘limlar