“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 22:42
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Rossiyadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun 1 mln gektar yer ijaraga olmoqchi

07 okt, 19:38 1 826 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Rossiyadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun 1 mln gektar yer ijaraga olmoqchi Foto: Global Look Press
O‘zbekiston Rossiyadan 1 million gektar yer maydonini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ijaraga olmoqchi. Ulardan olingan hosil O‘zbekistonning ichki bozoridagi talabni qondirishga yo‘naltiriladi. Bu haqda «RBK» nashriga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.

Oktabr oyi boshida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sergey Levin bilan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarni o‘zbekistonlik fermerlarga ijaraga berishni muhokama qilgan.

Birinchi bosqichda «muloqot o‘rnatish va o‘zaro hamkorlik mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish» maqsadida 35 ming gektar yerni ijaraga olish taklif qilingan. Bunda Rossiya sharoitlarida yetishtirilishi mumkin bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari: bug‘doy, soya, moyli ekinlar ekilishi mumkin. Hosil O‘zbekistonga olib kelinadi.

Ta’kidlanishicha, yaqin yillarda ijaraga olingan yerlarning umumiy maydoni 300−500 ming gektargacha, istiqbolda esa 1 million gektargacha kengaytirilishi mumkin.

Bunga javoban Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Levin mamlakatning 23 ta hududi ushbu loyihaga qiziqish bildirganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qishloq xo‘jaligi uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan 8−13 million gektarga yerga ega. «RBK»ning yozishicha, bu kabi choraga «O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ishlarini qiyin ahvolga solayotgan yer va suv tanqisligi» sabab bo‘lmoqda.

Rossiya tomoni O‘zbekistonga o‘simlik yetishtirish bo‘yicha xorijiy investitsion loyihalarni tashkil etish sharoitlarini tushuntirib bergan. Loyihani amalga oshirish muddatlari va aniq mexanizmlar O‘zbekiston ishchi guruhining Rossiyaga tashrifi doirasida muhokama qilinishi kutilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 2
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 22
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 12
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 98
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 35
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 48
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 1
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 10
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 21
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 37
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 12
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 144
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 96
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 35
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 193
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 48
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 74
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 154
  • Bo‘limlar