“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 03:59
ЎЗO‘Z

Rasul Kusherbayev avtobloger G‘aniyevning ushlanishi haqida: «Ish atayin uyushtirilgan, degan shubha ko‘p…»

02 okt, 22:19 2 812 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rasul Kusherbayev avtobloger G‘aniyevning ushlanishi haqida: «Ish atayin uyushtirilgan, degan shubha ko‘p…» Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev avtobloger Bobur G‘aniyevning ushlanishi va unga qo‘yilgan ayblovlar yuzasidan bir qator savollarni o‘rtaga tashladi.

Bobur G‘aniyev ismli bloger Uchtepa tumanida IIB xodimlarini «ment», deb haqorat qilgani va shaxsiy telefonida pornografik materiallar borligi uchun ushlangani haqida xabarlar tarqalmoqda. Yana bloger jamoat tartibini buzdi, degan ayb ham qo‘yilgan.

Qizig‘i fuqaroni so‘roq qilish jarayoni videosi tarmoqlarga atayin tarqatilayapti.

Vijdon nimaligini bilmaydigan va buning uchun blogerlardan ko‘p tanqidga uchraydigan sudya va prokurorlar ham ishlayotgan bir vaqtda blogerning jamoat tartibini buzmaganini isbotlash ko‘rsatkichi nolga teng.

Shu bois, ish atayin uyushtirilgan, degan shubha ko‘pligi sababli protsessual qoidalar doirasida quyidagi savollarga javob berilishi kerak bo‘ladi.

Birinchidan, qanday qilib IIB xodimlari qo‘liga blogerning telefoni tushib qoldi? Telefondan jinoyat quroli sifatida foydalanilib IIB yoki boshqa shaxslarga tan jarohati yetkazilganmi?

Ikkinchidan, telefon nima uchun tintuvdan o‘tkazildi? Bu tintuv emas, ko‘zdan kechirish, deyilsa telefonning ost-ustiga qaraladi xolos. Ya’ni uning pichoq, to‘pponcha, non emas, aynan telefon ekanligiga ishonch xosil qilish uchun ko‘riladi. Bu o‘rinda IIB xodimlari fuqaroning telefonidan qandaydir noqonuniy material topish maqsadida tintuv o‘tkazishgan ko‘rinadi. Tintuv uchun esa sanksiya kerak.

IIB xodimlariga sanksiyasiz tintuv o‘tkazishga huquq berilganmidi?

Uchinchidan, telefonni tintuvdan o‘tkazish qanday usul va tartib bo‘yicha olib borildi, tartib bormi o‘zi?

To‘rtinchidan, erkak va ayol o‘rtasidagi jinsiy aloqaga doir video va tasvirlarning voyaga yetgan fuqaro telefonida bo‘lishi mumkinmasligi qaysi qonunda belgilangan?

Beshinchidan, ahloq normalariga to‘g‘ri kelmasa-da, er-xotin sifatida ayol va erkak o‘rtasidagi jinsiy aloqa noqonuniy bo‘lmagani holda, voyaga yetgan inson uchun bu kabi tasvirlarni o‘z telefonida bo‘lishi qanday huquqiy javobgarlikka sabab bo‘ladi?

Oltinchidan, haqorat qilish deganda, fuqaro aynan qanday so‘zlarni ishlatgan bo‘lishi lozim. Masalan, IIB xodimlarini kalamush, deyish haqoratga kirmaydiyu, «ment» so‘zi kiradimi. Bu qayerda belgilangan?

Yuqoridagi savollarga aniq va asosli javob berilishi shart. Aks holda blogerning huquqbuzarligiga doir harakatlarning qonuniyligi bo‘yicha shubhalar yo‘qolmaydi. Bo‘lmasa istagan fuqaroni yo‘q joydan jinoyatchiga chiqarish mumkin.

Umid qilamizki, Uchtepa tumani IIB xodimlari Prezident kafilligidagi Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan so‘z erkinligidan foydalanib, tanqid qilayotgan fuqarolarni qo‘rqitib, erkinliklarini bo‘g‘ish maqsadida o‘zlari jinoyatga yo‘l qo‘yishmagan.

Agar shunday bo‘lib chiqsa, bunday IIB xodimlari bor jamiyatda yashayotganimdan uyalaman, – deb yozadi deputat.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 30
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 29
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 100
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 147
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 18
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 68
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 17
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 42
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 74
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 69
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 100
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 43
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 84
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 64
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 53
  • Bo‘limlar